Ta’limiy: o‟quvchilarga Hamidulla Murodovning “Yangi uy” hikoyasi haqida ma‟lumot berish; tarbiyaviy



Download 370,79 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi370,79 Kb.
#274462
1   2
Bog'liq
3-sinf-oqish-namuna

Uyga vazifa:

O„TIBDO„:



Sana: “ 201 -yil. Sinflar: 3-‟‟ ”. O„qituvchi:

MAVZU: Vatan desam DARSNING MAQSADI:


  1. ta’limiy: o‟quvchilarga Ulugbek Hamdamning “Vatan desam” she‟ri haqida ma‟lumot

berish;

  1. tarbiyaviy: o‟quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, adaboyotga muhabbat uyg‟otish, oila va uning a„zolariga hurmat bilan munosabatda bo‟lishga o‟rgatish;

d) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, og`zaki nutqini o`stirish. Mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish orqali o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:


  1. tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
  2. fanga oid kompetensiya(lar): FK1.


Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an‟anaviy.

Dars jihozlari: darslik, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko„rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi (bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma‟naviyat daqiqasi

3

O„tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O„quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:


    1. Tashkiliy qism: O„quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    2. O’tilganlarni takrorlash: Og‟zaki savol-javob o‟tkazish va uyga berilgan vazifani tekshirish.
    3. Yangi mavzu bayoni: Vatan desam...


Vatan desam, yuragim Navolarga to„lgaydir. Niyatni yaxshi qilsak, Navoiy tug„ilgaydir!

Vatan - muqaddas dargoh, Imon kabi saqla sen!



Vatan desam, ko„zimga Qatra-qatra yosh kelar. Yosh ichida miltirab,

Buyuk bir bardosh kelar! Vatan desam, tilimga Temur-u Bobur kelar.

Moziylarni uyg„otib, Do„mbira, tanbur kelar! Otang bergan isming-u Onang sutin oqla sen!

Vatan degin, dilbandim, G„aflatlarda yotma hech. Vatan bu o„zligingdir, Yot ufqqa botma hech! Vatan desang, o„yingga Ulug„ shu xalqing kelsin! Shu xalqing osmonida

Quyoshdek balqqing kelsin!.. Vatan degin, dilbandim!..



Ulugbek Hamdam


    1. Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o„quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

  1. She‟rni ifodali o„qing.

  2. Siz Vataningizni qanday ta‟riflaysiz?

  3. Vatan deganda nimalar ko„z oldingizga keladi?




    1. O‘quvchilarni baholash: O„quvchilar darsdagi ishtirokiga ko„ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o„quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o„quvchilar bilan ishlanadi.

    2. Uyga vazifa: She‟rni yod oling. O„TIBDO„:

Sana: “ 201 -yil. Sinflar: 3-‟‟ ”. O„qituvchi:

MAVZU: Opa-singil daryolar


DARSNING MAQSADI:

  1. ta’limiy: o‟quvchilarga “Opa-singil daryolar” ertagi haqida ma‟lumot berish;

  2. tarbiyaviy: o‟quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, adaboyotga muhabbat uyg‟otish, oila va uning a„zolariga hurmat bilan munosabatda bo‟lishga o‟rgatish;

d) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, og`zaki nutqini o`stirish. Mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish orqali o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:


  1. tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
  2. fanga oid kompetensiya(lar): FK1.


Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an‟anaviy.

Dars jihozlari: darslik, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko„rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi (bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma‟naviyat daqiqasi

3

O„tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O„quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:


    1. Tashkiliy qism: O„quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    2. O’tilganlarni takrorlash: Og‟zaki savol-javob o‟tkazish va uyga berilgan vazifani tekshirish.
    3. Yangi mavzu bayoni:




Opa-singil daryolar

(Ertak)

Bir bor ekan, bir yo„q ekan, uch opa-singil daryolar bo„lgan ekan. Kattasining ismi Amudaryo, o„rtanchasiniki Sirdaryo va kenjasining ismi Zarafshon ekan. Amudaryo kattasi bo„lgani uchun Tojikistonning Panj viloyatidan Orol dengizigacha bo„lgan masofada yumushlarni bajarar, hammaga shirindan shakar zilol suvini ulashar ekan. Amudaryoni barcha dov-daraxtlar, giyohlar va ekin-tikinlar yaxshi ko„rar ekan.

U Qoraqum va Qizilqum cho„llarini ikkiga ajratib turarkan. O„zbekiston orqali turkman eliga o„tib, suv tashir, qaytib kelib, Orol dengiziga quyilarkan. Uning shahd-u shiddati

juda mo„l, ko„plab ishlarni yolg„iz o„zi bajarar ekan. Sirdaryo ham go„zallikda opasi Amudaryodan qolishmas ekan. Uning qaddi raso, yuzlari tiniq, sochlari Amudaryoday shovullab turarkan. Sirdaryo Norin va Qoradaryo kabi daryolarning birlashishidan hosil bo„lib, bu sirni hammadan sir tutib yasharkan. Chaqqonlikda opasi Amudaryoga teng kelolmasa ham, harakatdan to„xtamas ekan. Ancha-muncha yumushlarda opasiga yordamchi ekan.



Kenjaoy Zarafshon esa jajji bo„lgani uchun har bir qilig„i o„ziga yarashar ekan. Uch opasingil juda ahil, inoq, halol mehnat qilib kun kechirisharkan. Biri daraxtlarga suv quysa, ikkinchisi tuproqni yashnatar ekan. Uchinchisi esa havoning namligini bir maromda ushlashga hissa qo„sharkan. Ayniqsa, opalari Amudaryo „Yaxshilik qil-u, suvga ot, suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa Xoliq bilur“, degan maqolni tez-tez takrorlar ekan. Bu naql Sirdaryo va Zarafshonning quloqlariga tilla zirakday taqilibdi. Opa-singil daryolarning bag„ri kengligidan suvosti dunyosining o„simlig-u jonivorlari xotirjam maktabga, ishga qatnar ekan.
Go‘zal Begim


    1. Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o„quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

  1. Opa-singil daryolar haqida nimalarni bilib . oldingiz?

  2. Ertakdagi maqolni qanday tushundingiz?

    1. O‘quvchilarni baholash: O„quvchilar darsdagi ishtirokiga ko„ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o„quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o„quvchilar bilan ishlanadi.
    2. Uyga vazifa:

O„TIBDO„:




Qolgan sinf namunalari va boshqa hujjatlar bilan telegram kanalimiz yoki web saytda tanishingiz mumkin.
Telegram kanal: @uzmaktab Web sayt: www.hasanboy.uz
* paynet telefon raqamiga emas
Download 370,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish