3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Olam manzarasi haqida qadimdan boshlab olimlar mulohaza yuritgan. Biroq ular faqat tafakkurgagina tayanib, tajriba va kuzatishdan kelib chiqadigan umumlashtirishni nazardan qochirganlar.
Tabiat hodisalarini o'rganishda tajriba natijalariga asoslanislini birinchi bo'lib G.Galiley boshlab berdi. Shuning uchun fizikaning fan sifatida shakllanishi Galileydan boshlangan deb qaraladi. Bunda u inersiya, nisbiylik prinsipi haqidagi g'oyalarni aytib, ularning tasdig'ini tajribada kuzatdi. Bu boradagi ishlar I. Nyuton tomonidan davom ettirildi. Shu tariqa XVII asrda tabiat- shunoslikdan mexanika ajralib chiqdi va olamning mexanik manzarasi yaratildi.
Olamning mexanik manzarasi materiya, harakat, fazo, vaqt, o'zaro ta'sir, sabab va oqibat qonuniyati kabi elementlardan tashkil topgan bo'lib, unda tabiatdagi turli jarayonlarni mexanika qonunlari asosida tushuntirish mumkin deb qaraladi.
Olamning mexanik manzarasiga ko'ra, materiya zarralardan tashkil topgan modda deb tushunilgan; olam harakatlanuvchi materiyadan tashkil topgan va barcha ko'rinishda harakatlar mexanik harakatga keladi; fazo va vaqt absolut mohiyat bo'Ub, materiya va harakatga bog'liq emas deb qaraladi (Nyuton), XX asrda bunday qarash inkor etildi (Eynshteyn); o'zaro ta'sir universal tortishish qonuni asosida bo'lib, u bir onda bo'ladi; oqibat albatta sabab bilan bog'liq (voqealar sababli bog'lanishga ega, bir holat ma'lum bo'lsa, keyingi holatni sabab-oqibat prinsipi asosida aniqlash mumkin); Nyuton tomonidan yaratilgan klassik mexanika tasawuriga ko'ra awal alohida-alohida bo'lgan hodisalar, jarayonlar, dalillar bir tizimga keltiriladi, ular bir-biri bilan mexanik qonuniyatlar asosida bog'lanishda umumiy yagona manzarani tashkil etadi.XIX asrda elektromagnit hodisalarni tadqiq qilish, ularning qonuniyatlarini kashf etish boshlandi. Lekin ularni mexanik nuqtayi nazardan qandaydir fluid (faraz qilingan maxsus suyuqlik, muhit) asosida tushuntirishga urinishlar bo'ldi. Bunday qarashlar tanqidga uchrab, inkor etila boshlandi. Shunda M.Faradey elektromagnit maydon tushunchasini kiritdi. Bu fanda muliim olg'a siljish bo'ldi. So'ngra bu g'oyani rivojlantirib, J. Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini yaratdi. Alohida-alohida deb qaralayotgan elektr va magnit hodisalar ma'lum tartibga keltirildi. Bunda elektromagnit maydon fazoda uzluksiz o'zgaradi deb qaraldi.
Olamning mexanik manzarasi bo'yicha materiya moddadan iborat deb qaralgan bo'lsa, olamning elektromagnit manzarasida materiya maydon shaklidabo'lishi ham mumkinligi qayd etildi. Harakat faqat modda va uning zarralari harakatidangina iborat bo'lmasdan, balki maydon va uning elektromagnit to'lqinlarining harakati sifatida ham qaralishini taqozo etdi. O'zaro ta'sir faqat gravitatsion maydon orqali birondagina emas, balki cAe/c/Ztczlik bilan tarqaluvchi elektromagnit maydon orqali hambo'lishi e'tirof etildi. Shunday qilib, Olamning elektromagnit manzarasi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |