Ta`limiy maqsad: o`quvchilarni qarilik gashtini surayotgan bobo va buvilarimizni qadrlash,ularni yodga olishga o`rgatish. Tarbiyaviy maqsad



Download 0,57 Mb.
bet3/3
Sana17.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#380784
1   2   3
Bog'liq
Ona-Vatan-aziz (1)

III. Yangi mavzu bayoni.

Bugungi mavzuni doskaga yozmadik buni sizarni zukkoligingizni tekshirib topamiz.

Harflar ostidagi raqamlarni o`sib boorish tartibida yozsangiz bugungi mavzumiz hosil bo`ladi.

,,Ona Vatan aziz !’’

Barakalla bolajonlar

Endi oltin qoldalar eslanadi



Bizning Vatanimiz qayer? O`zbekiston.

Ha barakalla bolajonlar. Insonni ona diyoridan muqaddas maskan bo`lmasa kerak. U ota bobolarimizdan qolgan beqiyos merosdir. Ota bobolarimiz ko`zlariga to`tiyo qilgan,har qarichini muqaddas bilganlar.hu Vatanni mustaqil ko`rishni orzu qilganlar. Bu orzularga biz erishdik,shuning uchun uni ko`z qorachig`day asrashimiz kerak.

VATAN


Ajdodlar nomingga bitishgan doston,

Mardlaring sen uchun baxsh etishgan jon

Ko`kragin yovlarga etishgan qalqon,

Aiz va muqaddas ,buyuksan Vatan,

Har birimiz uchun suyuksan Vatan.

Tinchlikdir hamisha eng aziz shior

Uni qo`riqlovchi o`g`lonlaring bor,

Shu bois osmoning tiniq beg`ubor

Aziz va muqadds ,buyuksan Vatan,

Har birimiz uchun suyuksan Vatan.

Xalqing ahil yashar tilda shukrona,

Nasib etganidan shunday zamona

Har kuning to`y bayram yangrar tarona.

Aziz va muqadds ,buyuksan Vatan,

Har birimiz uchun suyuksan Vatan.

O`quvchilar guruhlarga bo`linadilar.

1.

2.

3.



Har bir guruhga DARAXT maketi beriladi.

-O`quvchilar endi siz bu daraxtni burglar bilan boyitishingiz kerak.Barglarga vatan haqidagi fikrlaringizni yozishlaringiz kerak bo`ladi.



(O`quvchilar o`z fikrlarini yozadilar)

-Dunyo yaxshiliklardan yuz ochadi,ezguliklardan olam nurga to`ladi.Mehr berib mehr ko`ramiz , umri azizlarni qadrlab qadr topamiz.Endi siz bilan BOSHQOTIRMA yechamiz.

1.Jannat mevasi.2. Mo`tabar qalbi quyosh zot.3.O`zbegim milliy libosi.4.Aqlimizni oshirar ,Zehnimiz boyitar.5.Fasllar kelinchagi.6.Bahor elchisi.



XOTIRA so`zi hosil bo`ladi.

Xotira o`zlikni anglash o`tmishni doimo yodda tutishga da`vat etib turadigan muqaddas tuyg`udir.U orqali inson o`ziga yaxshi hislatlarni qaror topdirib boradi.

Odamzod boshqa jonzodlardan ajratib turadigan muhim jihatlaridan biri uning xotirasiga ega ekanidadir. Chunki insonni inson qilib turadigan unga ,,men’’lik ya`ni o`ziga hos ichki qiyofa ato etadigan narsa xotira deyiladi. Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o`tmishni unutmaslik bugungi kunni to`g`ri tasavvur etish hamdir.Xotira insonni kelajakka ochiq ko`z bilan qarashga o`rgatadi.

Qadrlash esa xonadonimizga fayzu Baraka bag`ishlab,qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotiha tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo`yishdir.

Yurt Mustaqilligi uchun jonini fido qilganvatandoshlarimiz xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Ularninig fidoiyliklari tildan tilga o`tib, avlodlarga vatanni sevishga o`rnak bo`ladi. Shahrimiz markazida,, Motamsaro ona haykali’’ qo`yilgan.Bu ona haykali yurimiz uchun jonini fida qilgan farzandlar onalari timsolga qo`yilgan.Bundagi sokinlik kishini o`yga toldiradi.Bu haykal ostiga gilchamlar qo`yib ularni yod etishadi.Bu yurtda yurtimizning ozodligi uchun kurashgan va bevaqt qatl etishgan Abdulla Qodiriy ,Fitrat, Usmon Nosir, Cho`lpon kabi bobolarimiz nomi bitilgan qabr bor. Bu ziyoratgohlardan odam arimaydi.



Ikkinchi jahon urushi xalqimiz boshiga og`ir kunlarni soldi.Bu urush 1941-yilda boshlab 1945-yilda tamom bo`lagan.Bu urushda ming minglab yurtdoshlarimiz mayib majruh bo`lib qaytdilar. Necha necha odamlar dom daraksiz yo`qolib ketishgan.

Ular xotirasini abadiylashtirish uchun 1999-yil 2-martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e`lon qilindi. Farmonga ko`ra 9-may Xotira va qadrlash kunideb ta`sis etildi.Xotira maydoni savob maydoni.

Mustaqil O`zbekistonning davlat asoschisi ,o`zbek xalqining ardoqli farzandi manlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham jonajon vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib yurtimiz mustaqilligiga o`z hissasini qo`shgan.Islom karimov olijanob insonoy fazilatlari bilan xalq farovonligi ,yo`lida fidoiylik ko`rsatib , tarixda o`chmas iz qoldirdi.

Bobomiz Mustaqil o`zbekiston Respublikasini barpo etish yo`lidagi ulkan hissalari uchun ,,O`zbekiston qahramoni’’unvoni ,,Mustaqillik ”, ,,Amir Temur “o`rdenlari bilan taqdirlangan.

Bobomizning bizga qarata :,,Bolalarim sizning vataningiz bitta mana shu O`zbekiston . Ota bobolarimiz hoki ham shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan , sen uni obod etishing shart degan edilar.Siz shunday buyuk bobolarimizga munosib farzand bo`lishingiz uchun bilmdon bo`lib yetishishingiz kerak .Zotan bobomiz…………………………………………(Video qo`yiladi)



Bobomiz Islom Karimov bu dunyodan o`tgan deb ayta olmaymiz.Chunki bobomiz har bir qilgan ishimiz boshida ,yo`limizda nur,qalbimizda quyosh bo`lib porlaydi.



Endi daraxtimizni gullar bilan bezantiramiz. Bu gullar orqasiga o`z orzularimizni yozib qo`yamiz va unga erishish uchun harakat qilamiz.Demak bobomiz bizga shu qadar ishnar ekan biz ham O`ZBEKISTON RESPUBLIKASGA XIZMAT QILAMIZ !deya qasamyod qilib dars yakunlanadi.
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish