Ta'limiy E - kontentlarni ishlab chiqish fanidan elektron ta'lim resursini yaratish ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga TAQRIZ Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda “ Ta'limiy E - kontentlarni ishlab chiqish” fani ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi jarayonlarning kechishini bevosita Elektron resurs ishlab chiqish va talabalarga taqdim etilishi imkoniyatini taqdim etishi sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishida Android uchun qo’llaniladigan dasturlash tillari afzalliklari va kamchiliklari, android ilovalar yaratish texnologiyalari yoritilgan, hamda talaba yoshlarga Kotlin dasturlash texnalogiyalardan amalda foydalanish qo’llanilgan.
Bitiruv malakaviy ishi barcha turdagi o’quv muassasalarining o’quvchilari hamda erkin bilim oluvchilar uchun muljallangan. Yaratilgan Android ilovasi yordamida foydalanuvchilar Ta'limiy E - kontentlarni ishlab chiqish sohasida o’z bilimini sinovdan o’tkizishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi belgilangan talablar asosida yakunlangan, unga qo‘yilgan talablarga javob beradi va uning muallifi Murotov Erali Sheraliyevich bakalavr darajasini olishga loyiq.
O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi “Davlat moliyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.I. Ilxomov.