Ta’limga texnologik yondashishning mohiyati nimada?
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini
takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi.
Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o ‘quv reja va dasturlarini
yangi pedagogik texnologiyalar va o ‘qitish usullarini keng joriy etish,
ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy
shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga
olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat
qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini
ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va
istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga zarurat mavjud. Hozirgi vaqtda
agrar soha mutaxassislarini tayyorlashda ta’limning zamonaviy
texnologiyalarini izchil joriy etish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda.
Mualliflik ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishda siz qanday kontseptual holatlardan kelib chiqasiz? Nima uchun?
Ko‘rinib turibdiki, ta’lim texnologiyasi asosini ta’lim samaradorligini
oshirish va ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt
ichida loyihalashtirilayotgan o ‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash
maqsadida bu jarayonni to ‘liq bajarish g ‘oyasi tashkil etadi. Bunday
yondashishning mohiyati ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni aniq
rasmiylashtirilgan va qismlari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash
yordamida maksimal shakllantirishdan iborat. Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, ta’lim -
texnologiyalarning predmeti - ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil
keltirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim
modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik
va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib
topgan.
“Talim texnologiyasi” tushunchasi “ishlab chiqarish texnologiyasi” tushunchasidan hosil bo’lgan deb ta’kidlanishiga o’z talqiningizni bering.
Ma’lumki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar amaliyotga joriy
etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik
tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi
bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir
etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir
jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos
ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyat, davlat va oila oldida o‘z
javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, kadrlar tayyorlash milliy
modeli ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmasini
ifodalaydi. Faqat davlat ijtimoiy buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq
maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, pedagogik tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy
buyurtma o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy
holda belgilab beradi. Maqsad esa zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning bosh bo‘g ‘ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan
elementlarini o ‘z vaqtida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ta’lim-
tarbiya tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
zaruriyatining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
“Pedagogik tizim”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “fan uslubiyoti” tushunchalari o’rtasidagi munosabatni tushuntiring.
TT - “ta’lim texnik vositalariyoki kompyuter sohasidagi
boshqalar. izlanishlar emas; bu
Eshitish vositalarining yangi turlari: ta’lim jarayo-nining
videomagnitofon, aylanmali kadroproektor, samarador-ligini
elektron va bloknotli yozuv taxtasi va oshiruvchi omillarni
boshqalar chiqara boshlandi. tahlil
T a ’lim texnologiyasimuammolari bo‘yicha qilish yo‘li bilan,
Xalqaro anjumanlarda ta’lim tuzilmaga kelti-rish
texnologiyasiga umumiy mohiyat taklif hamda yo‘l va
etildi. materiallarni qo‘llash
TT qo‘llanish sohasi - (1) o‘qitishning yo‘li bilan,
texnik vositalari, (2) ma’lumot olish shuningdek
muammolariga tizimli yondashishi. qo‘llanilayotgan
“Birinchi soha o ‘qitish vositalarida texnika usullarni
yutuqlarini amalga oshirish bilan, ikkinchi baholash orqali ta’lim
soha esa, pedagogik nazariyani rivojlanishi jarayoni-ni eng
bilan, ularni tashkillashtirishning umumiy maqbullashnazariyasi birlashtirilishi lozim bo‘lgan tirishtamoyilla-rini
ilovaga bog‘liq, ya’ni ta’lim aniqlash va
muammolariga tizimli yondashishdir ”. yo‘llarini ishlab
P.D. Mitchel (1970 y.) TT bo‘yicha 102 chiqish maqsadida-gi
manbalarni tahlil etishi natijasida TT izlanishdir”.
ma’nosi va pedagog-texnologlar vazifasi (Mejdunarodniy
asosini shakllantiradi: “Kutilayotgan ejegodnik po
pedagogik natijalarni olish uchun inson, texnologii obrazovamoddiy va moliyaviy manbalarni maqbul niya i obucheniya -taqsimlash”. London - Nyu -“TT muammolarining nazariy York, 1978 g.)
tadqiqotlarini ishlab chiquvchi oqim, mohir “TTning dastlab-ki
texnologlarning yangi avlodi paydo bo‘ldi” mohiyati peda-gogik
(M. Eraut). maqsadlarda
“Faqat sodda odamlargina, texnologiyani - muloqotqilish-ning
faqat moslamalar va o ‘quv materiallar eshitish va ko‘rish
majmui deb hisoblaydilar” Bu bundan vositalari,
ko‘prog‘ini angalatadi. Bu tashkillashtirish ko‘ rsatuv,kompyu-ter
yo‘li, bu materiallar, insonlar, tashkilot, va boshqa
modellar va tizim turidagi “inson-mashina” turdagi“yumshoq” va
to‘g ‘risidagi tasavvur. Bu muammoning “qattiq”vosita-lardan
iqtisodiy imkoniyatlarini tekshirish. foydala-nishni
Bundan tashqari, texnologiya fan, san’at va anglatgan. Yangi va
inson qadri o ‘zaro harakatiga muhim kengroq
aloqaga ega. “Ta’lim vositasining sinonimi ma’noda esa, ta’lim
hisoblanmasdan, u fanlararo xilma-xil olish
tasodiflar yig‘indisi, ta’limning barcha shakllarini
jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, qisqa maqbullashtirish-n
Zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’lim farqini tavsiflab bering.
Zamonaviy ta’lim texnologiyasi tarkibiga qattiq (hardware) va
yumshoq (software) vositalardan tashqari yana “sezilmagan” (intangible)
aspektlar kiradi. Ularga bilimlarning turli tarmoqlari, masalan,
psixologiya, sotsiologiya, kasbiy menejment va tizimli tahlilga oid g‘oya va tajribalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunda bilimlar va o ‘qitish tizimini optimal o ‘zlashtirish metodikasini ishlab chiqish uchun texnikaning optika, reprografiya, akustika va mikroelektronika
tarmoqlaridan foydalaniladi. Yuqorida qayd etilgan aspektlarda qattiq
(proyektorlar, magnitofonlar, televizorlar, mikrokompyuterlar) va
yumshoq vositalar (slaydlar, depozitivlar, magnitofonlar, videoyozuvlar,
kompyuter dasturlari)ga qarama-qarshi o ‘laroq, boshqa “tegishli vositalar”
(inderware) ham ta’riflanadi.
6. Ta’lim texnologiyalarining mohiyatli belgilariga batafsil aniqlik bering
«ta’lim
texnologiyasi» tushunchasi talim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari,
o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida
kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat
qiladi. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra
pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya
jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |