Talimdagi islohotlarning yoshlar taqdiridagi o’rni qar duning Pedagogika instituti Tillar fakulteti 2-bosqich talabasi Toshpulatova Dilshoda Sirojiddin qizi Annotatsiya



Download 25,37 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi25,37 Kb.
#335599
Bog'liq
talim


TALIMDAGI ISLOHOTLARNING YOSHLAR TAQDIRIDAGI O’RNI

Qar DUning Pedagogika instituti

Tillar fakulteti 2-bosqich talabasi

Toshpulatova Dilshoda Sirojiddin qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi paytda yurtimizda ta’limga bo’layotgan e’tibor hamda bularning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar: Ta’lim, islohot, talab, istiqlol, tarbiya, zamonaviy, maktab, muassasa, kadr, Oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot.

Jadallik bilan rivojlanib borayotgan ayni zamonda tezlik bilan harakat qilish zamon talabidir. Xususan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy jarayonlar jamiyatning taraqqitoti bilan shu qatorda ta’lim sohasini ham yangilanishi hamda rivojlanishi uchun katta zamin yaratadi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, yosh avlodni jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yoshlarrimiz ongida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’lim sohasi deganda biz nafaqat oliy ta’lim muassasalari balki maktabgacha ta’im, umumta’lim maktablarini, umumiy qilib aytganda barkamol avlodni yetuk shaxs bo’lib yetishishi uchun zarur bo’ladigan barcha ta’lim jarayonlaridir.

Jumladan, “2021-yilning birinchi yarim yilligida respublikada 1062 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo’lga qo’yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 1,5 foizga oshirildi.

Bugungi kunda respublikada jami 19316 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1760880 nafar bola ya’ni maktabgacha ta’lim yoshidagi aholining 64,2 foizi qamrab olingan”. [1]

Maktablarda ham joriy yilda ko’plab ishlar amalga oshirilganligini ko’rish mumkin. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobilyatini o’stirishga mo’ljallangan yangi darsliklar tayyorlay boshlandi;

b) bolalar uchun “Milliy o’quv dasturi” joriy etildi;

d) boshqa tumandagi olis maktablarga borib dars beradigan o’qituvchilar oyligiga 50 % ustama qo’shib berilmoqda;

e) Hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag’batlantirish maqsadida davlat budjetidan subsidiyalar ajratildi;

Shular qatorida oliy ta’lim muassasalariga kirmoqchi bo’lgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida:

a) OTMlarda davlat grantlari soni25 foizga oshirildi;

b) xotin-qizlar uchun ajratilgan grantlar soni 2 barobarga oshirilib, 2000 nafarga yetkazildi;

d) davlat kadrlar tayyorlash bo’yicha xususiy OTMlarga buyurtma bera boshladi;

e) 30 ta OTMga o’quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berildi.

Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni ham jamiyatdagi rolini oshirish hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim talabasi sifatida shuni aytishim mumkinki, jahon standartlariga javob bera oladigan sharoitlarni bo’lajak kadrlar uchun yaratib berish borasidagi sa’y-harakatlar o’zining natijasini asta-sekin ko’rsatib bormoqda.

Barcha oliy ta’lim muassasalarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o’quv-uslubiy va boshqa qo’llanmalarning raqamli formatga o’tkazilib, ulaning elektron platformasi shakllantirilishini ta’minlash hamda ular bo’yicha yagona axbarot qidiruv tizimini joriy qilish talabalarning izlanishlari uchun keng imkoniyat taqdim etadi va bu orqali ilmiy ishlar olib borishda manbalarning kamlik muammolarini bartaraf etishga erishiladi.

Oli ta’lim muassalarining xalqaro OTMlar bilan kelishuv shartnomalari asosida olib borilayotgan darslar talabalarning mutaxassislik fanlari bo’yicha keng doiradagi bilimlarga ega bo’lish imkonini beradi. Chet davlatlardagi samaraliligi jihatidan yuqori bo’lgan metodlarni o’zlashtirish hamda ular yordamida dars jarayonlarini tashkil etishning yo’lga qo’yilishi ham katta imkoniyatdir. Shuningdek, chet davlatlari bilan tajriba almashish jarayonlarining yo’lga qo’yilishi ularni boshqa davlatlarning ustuvor tajribalarini yurtimizda ham amaliyotga qo’llash orqali ta’lim sifatini yanada oshirish imkonini beradi.

Talabalarning mustaqil izlanishlar olib borishi hamda fanda yangilik qilish masalalarini rag’batlantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 09.09.2021-yilda qabul qilgan “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi n-6309 prizedent farmonida ham o’z ifodasini topgan.

“2021/2022o’quv yilidan boshlab:

a) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktaranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun ikki barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir oliy ta’lim muassasasiga 1 tadan etib belgilansin;

b) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qo’shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tadbiq etilsin”.[2]

Mazkur farmondan ham bilib olish mumkinki, hozirgi vaqtda yoshlarning mustaqil izlanishlarini keng doirada tashkil etish hamda ularni munosib ravishda rag’batlantirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Haqiqatdan ham, nomdor stipendiyalar miqdorining oshirilishi talabalarning yanada o’qib izlanishga qiziqishini orttirmoqda.



Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ta’limdagi islohotlar va yangiliklarning barchasi ta’limni rivojlantirish hamda zamon talablariga mos, raqobatbardosh ta’limni va yosh kadrlarni tartbiyalashdir. Ta’limga bo’lgan e’tiborni tom ma’noda kelakka bo’lgan e’tibor deb atashimiz mumkin. Shu o’rinda Prizedent Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrini keltirish o’rinli bo’ladi: “Agar mendan sizni nima qiynaydi? deb so’rasangiz, farzandlarimning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”.[3]

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati

  2. 6309 sonli Prezident farmoni.

  3. Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar

  4. www.savol-javob.com

Download 25,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish