4. Texnologiyadan foydalanish natijalari
Aql xaritasi o'qituvchi va talabalar uchun noyob, qulay va samarali vositadir.
Ushbu usulning samaradorligi quyidagicha:
holda interaktiv rejimda tizimda oraliq sertifikatlashga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ishlarni olib
borishga imkon beradi;
materiallarning ulushi ancha yuqori bo'ladi;
-qidiruv tizimi va o'quv adabiyotlari talabalarga o'zlarining innovatsion mahsulotlari -
aql xaritalarini yaratish imkoniyatini beradi;
o'quv adabiyotlari bo'limlarini yozish, oraliq attestatsiyaga tayyorgarlik jarayonida individual va
guruhli ishlarni tashkil etish taqdimotini yaratish paytida umumlashtirilgan takrorlash uchun namoyish
yoki tarqatish sifatida ishlatilishi mumkin;
114
Informatika fanini o'rganishda ong xaritalarini metod sifatida ishlatish o'quv jarayonida
o'quvchilarning o'quv-bilish kompetensiyalarini yanada samarali shakllantirishga imkon beradi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Бьюзен Т. Супермышление [Электронный ресурс] Режим доступа: http://modernlib.ru/
books/byuzen_toni/supermishlenie/read
2. Сайт М.Е. Бершадского [Электронный ресурс] Режим доступа: http://bershadskiy.ru/i
ndex/metod_intellekt_kart/0-32
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINI O’QITISHDA AXBOROT-
KOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING RO’LI
Zuhrutdinova Sh.A., Omirbayeva R.B. TVCHDPI
Sultanov R.O. TVCHDPI o’qituvchisi
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi XX asrning 30-yillarida G’arbiy Yevropa
mamlakatlarida va AQSH da ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash
uchun harakatga kelgan davrda yuzagakeldi. Mazkur g’oya ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika”
(ta’lim texnikasi)tushunchasining kiritilishi bilan asoslanadi.
Axborot lotincha (information) so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, biron narsani bayon qilish
yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi. Axborotlar ustida ish olib borish
ularni uzatish va foydalanuvchiga axborotlarni еtkazish axborot-komunikatsiya texnologiyalari orqali
amalga oshiriladi.
O’quv jarayoniga o’quv va labaratoriya jihozlarining olib kirilishi ulardan samarali, unumli
foydalanish material mazmunini ko’rgazmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim
samaradorligini oshirishga yordam beruvchi еtakchi omillardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz
mustaqillikka
erishgach
Respublika
ta’lim
sohasida
tub
o’zgarishlar
sodir
bo’ldi
va
bu
sohada
yangidan-yangi
islohotlar
olib
borilmoqda.
Umumiy
o’rta
ta’lim
o’quv
fanlari
dasturlari,
o’quv
adabiyotlari
butunlay yangidan qayta ishlab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani o’qitish
uslubida ham qator tajribalar to’plandi. Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz
ham yo’q emas. Bugungi kun fizika o’qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu-
ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o’qitish amaliyotida qo’llashdir. Fizika
o’qituvchisi o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan
qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, еtuk kadrlar еtishib chiqishiga
erishilsin.
Fizika fani umumta’lim maktablarida 5-sinfdan 11-sinfgacha o’qitiladi. Bu fan mavzularini
o’zlashtirishda faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanib bo’lmaydi. Har bir mavzuni o’qituvchi
o’quvchilarga nazariy tushuntirganidan keyin albatta laboratoriya ishlarini amaliy tarzda ko’rsatib
berishi talab qilinadi. Ammo laboratoriya ishlarini amalda qo’llashda ba`zi muammolar yuzaga kelishi
mumkin. Masalan, laboratoriya jarayonida o’quvchining noto’g’ri harakati tufayli o’ziga yoki boshqa
o’quvchilarga zarar еtishi mumkin. Bu kabi muammolarning еchimi sifatida shuni aytishimiz
mumkinki, mavzu bo’yicha laborotoriya ishlarini o’quvchilar animatsiya ko’rinishida ko’rib olsalar
ularda tushuncha paydo bo’ladi. Amaliy laborotoriyani o’zlashtirish vaqtida esa bu ishni yaxshi bajara
olishadi.
Macromedia Flash dasturida 6-sinf fizika darsligidagi ba`zi bir laborotoriya ishlari
animatsiya ko’rinishida ishlab chiqildi. Bu ishlar bilan tanishib chiqamiz.
“Qattiq jismlarda zarralar harakati” mavzusida quyidagi tajribani ko’rib chiqaylik.
Metalldan yasalgan shar olaylik. Simdan shar tegib o‘tadigan halqa yasaylik. Halqa orqali sharni bir
necha marta o‘tkazib ko‘ramiz(1). Shundan so‘ng sharni qizdiramiz(2). Endi halqadan sharni
o‘tkazmoqchi bo‘lsak, o‘tmaydi(3). Sharni tashkil etgan zarralar harakati tufayli qizigan shar kengayib
qoladi. Shu jarayonni kopmpyuter animatsiyasi yordamida quyidagicha tasvirlash mumkin.
433
Do'stlaringiz bilan baham: |