S
Savanna – (ispancha savanna) – har yer-xar yer yakka xolda yoki to’p-to’p daraxtlar o’sadigan quruq tropik o’t o’simliklari. O’tlar orasida bo’yi 1-3 m ga yetadigan g’allagulli qurg’oqchil o’simliklar ko’p. Daraxtlar va butalar soyabonsimon ko’rinishga ega. Janubiy Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliyada keng tarqalgan.
Sayozlik –Dengiz va okeanlar tagining chuqurligi 200 m gacha bo’lgan qismlari, materiklarning suv ostidagi davomi. Sayozlik to’lqinlarga va suvda yashovchi hayvon hamda o’simliklarga ta’sir ko’rsatadi. Quyosh nuri suv ostiiga yetib borganligidan suv o’tlar ko’p, biobarin suvda kislorod serob bo’lib, dengiz jonivorlari va balilar uchun sharoit qulay bo’ladi.
Sayyoralar- Quyosh sistemasiga kiruvchi yirik osmon jismlari. Quyosh atrofida biroz ellips shakldagi orbita bo’ylab aylanadi. Quyosh nuri aks yetishidan yorug’ bo’lib ko’rinadi. Sayyoralar 8 ta dan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |