Biskay qo’ltig’i - Atlantika okeanidagi qo’ltiq.Yevropaning g’arbiy soxilida. Ispaniyaning shimolida va Fransiyaning g’arbiy qirg’oqlari oralig’ida. Maydoni – 200 ming km kv. O’rtacha chuqurlik – 1715 m, eng chuqur joyi – 5100 m. Quruqlikka – 400 km kirib borgan. Tez –tez dovullar bo’lib turadi. Asosiy portlari: Bardo, Brest, San-Sebostiyan, Bilbao va bashqalar.
Bosfor – Qora dengiz bilan Marmar deningizini tutashtirgan bo’g’oz, Yevropa bilan Kichik Osiyo yarimoroli o’rtasida, uzunligi -30 km ga yaqin, eni o’rtach -2 km dan iborat. Bosfor qirg’oqlari baland tik va manzarali. Chuqurligi -33 m dan 80 m gacha.Qulay tabiy gavanalari ko’p, eng yaxshisi Yevropa soxilidagi Xalich gavani joylashgan. Bosforni kesib o’tuvch avtomobil ko’prigi qurilgan Bosforda 2 oqim bor: ustki oqim nisbatan chuchuk bo’lib, Qora dengizdan Marmar dengiziga oqadi, ostki oqim ancha sho’r bo’lib Marmar dengizida Qora dengizgacha oqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |