O
Ob – Suv- O’rta Osiyodagi juda ko’p geografik nomlar, ayrim atamalar shu so’z ishtirokida tuzilgan. Masalan: ob-havo, Murg’ob, Surxob, obigarim va boshqalar.
Ob-havo- Atmosfera quyi qismining muayyan bir qisqa vaqtdagi tabiiy xolati. Vaqt va masofa tez o’zgarib turadi. Ob- havo ma’lum bir vaqtning o’zida bir-biri bilan uyg’un meotrologik elementlar majmui bilan ifodalanadi.
Odoq – Daryoning o’rta va asosan quyi qismi soxillaridagi pastak tekis yerlar. Daryo toshganda ba’zan suv bosib ketadi. Odoqlarda yer osti suvi satxi yuqori bo’lgan va daryodagi oqimga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Tuprog’i ko’pincha sho’rtob botqoq bo’lib, turli xil yovoyi o’simliklar bilan qoplanib yotadi.
Oy – Yerning yagona tabiy yo’ldoshi. Yerga eng yaqin osmon jisni. Oyning diametri 3476 km ga teng. Oy yuzasdagi tortishish kuchi Yerdagidan 6 xissa kam.
Yer atrofda sekundiga 1,02 km tezlikda harakat qiladi.Yer markazidan Oy markazigacha bo’lgan masofa eng yaqin bo’lganda 356400 km, eng uzoq bo’lganda 406800 km. Oyda havo qobig’i yo’q. Oyda osmon doim qora bo’lib ko’rinadi, yulduzlar kechasi ham, kunduzi ham ko’rinib turaveradi. Oyning xar xil ko’rinishiga sabab Yerdan uning faqat Quyosh nurlari tushib turgan qismining ko’rinishidir.
Okean – (lotincha okean – dunyo daryosi)- Dunyo okeaning bir qismi. Dunyoda to’rtta – Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari mavjud. Ba’zi tadqiqotcholar Janubiy Muz okeanini ham aloxida okean deb ajratadilar.
Okeaniya- Tinch okeaning markaziy va janubiy qismida joylashgan ko’pdan -ko’p orollar to’dasi. U 28 C 25 min shimoliy kenglik bilan 52C 30 min janubiy kenglik hamda 130C sharqiy uzunlik bilan 150C g’arbiy uzunlik oralig’ida joylashgan. Eng yirik orollar guruxlari: Melaneziya, Mikroneziya, Poineziya va Yangi Zelandiya dan iborat.
Okean qa’ri – Dunyo okeaning eng chuqur qismlari. Eng chuqur yerlari 11022 m gacha. Okean Yer po’stining geosinklinal mintaqalarida, yoriqlarida joylashgan bo’ladi.
Olam –Bizni o’rab olgan, vaqt va fazoda cheksiz borliq. Undagi xarakatda bo’lgan materiy shakillari nixoyasiz. Olam kichigi kattasining tarkibiy qismi xisoblangan sistemalardan tashkil topgan. Eng kichik sistema – Yer-Oy sistemasi. U Quyosh sistemasiga kiradi. Quyosh sistemasi 100 mlrd dan ortiq yulduzlarni o’z ichiga olgan sistema-Galaktikaga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |