Ilmiy yangiligi .Buxoro viloyatida yaratilishi rejalashtirilayotgan “Boqiy Buxoro” TEI hududida Buxoroning qadimiy va an`anaviy ko`rishini gavdalantirish uchun xizmat qiladigan takliflar bildirish hamda mavjud hudud loyihasini ishlab chiqish. Mazkur takliflar hamda loyihaning taklif etilayotgan maketini turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Buxoro viloyat boshqarmasiga taqdim etish. Buxoro viloyatida mavjud rekreatsion turistik resurslaridan oqilona foydalanish, mahalliy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan chora tadbirlarini ishlab chiqish. Bizning ishimizda Buxoro turistik erkin iqtisodiy hududini oddiy shakldan kompleks turiga qarab rivojlantirish, bunda modulli tipdan foydalanish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi. Ilmiy ishning nazariy va uslubiy jihatlari, xorijiy olimlardan Danko T., Okrut Z., Smorodinskaya I, Babinsev V, Valliulin X., Andreev V., Leusskiy A., Avdokushin E., Siplakov S., Y.Komlev, K.A.Semenov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritib berilgan. O`zbekiston sharoitida turizm sohasi rivojini o`rganishda N.To`xliyev, T. Abdullayeva, M.Xoshimov, I.Ibrohimov, Z.Izzatullayev, A.Nig`matov, M.Mamanazarov salohiyatini o`rganishda faoliyati tashkil qilingan erkin iqtisodiy hududlarni o`rganishda Respublika qonunlari, D.R. Suyarov, M.X.Xamitov, G.R.Xidirova, N.O`.Mahmudova, Sh.Jo`rayeva, I.Ibrohimov, Z.Izzatullayev, A.Nig`matov, M.Mamanazarov, Y.Sh.Shodmetov va boshqalarning hissasi katta bo`lib, ular mazkur sohaning istiqbolli imkoniyatlari, uni boshqarishning nazariy va amaliy asoslari hamda rivojlantirish yo`llarini o`zlarining asarlarida yoritganlar. Tadqiqot metodlari. O`zbekiston Respublikasining sohaga oid qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, farmon va qarorlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi qonunlari kabilarga tayaniladi. Unda guruhlash, taqqoslash, sistemali yondashish, SWOT-tahlil, analiz va sintez kabi usul va uslublardan foydalaniladi. Ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida Buxoroda joriy yilda turizm sohasida amalga oshirilgan faoliyatlar tahlili olib farmon va qarorlarning samarasi keng yoritilgan. Shu bilan bir qatorda, Buxoroda bo`lib o`tgan an`anaviy XVI an`anaviy “Ipak va ziravorlar” xalqaro turizm festivali doirasida tashkil qilingan “Buxoroda turistik erkin iqtisodiy hududni yaratish imkoniyatlari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi III ilmiy amaliy konferensiyada “Buxoro turistik erkin iqtisodiy zonasini yaratishning ilmiy – amaliy jihatlari” mavzusidagi maqola tayyorlangan. Shu maqola yuzasidan konferensiyada so`zga chiqib, konferensiyaning xorijiy hamda mahalliy a`zolariga mavzu mohiyati tuShuntirib berishga harakat qilingan. Unda TEIHlar barpo etishda Xitoy tajribasini qo`llash masalasiga alohida to`xtalib o`tilgan. Buxoro turistik hududini takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlandi.
Afsonaviy o’tmishi, Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni xursand etuvchi O’zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi. Bugungi kunda O`zbekistonda 3 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyati yo`lga qo`yilgan hamda 2017 – yilda yana 4ta bunday hudud faoliyatining yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan. Buning uchun O`zbekistonda imkoniyatlar va tajriba yetarli darajada. Shuning bilan bir qatorda joriy yilda “Buxoro turistik erkin iqtisodiy hududi”ni barpo etish xususida bir qator faoliyatlar boshlab yuborildi. Xususan, Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyevning 2017 yil 19 maydagi “2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahri turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PP-2980-sonli qarori turizm va turistik infratuzilmani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, milliy turistik xizmatlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga faol kiritishga xizmat qildi. Albatta turistik erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish infratuzilma, kadrlar salohiyati, hudud qulayliklari, turistik resurslarning salohiyatiga bog`liqdir. Shu bilan bir qatorda bunday hududlarni tashkil qilishda erkinlik muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Siyosiy erkinlik emas, balki iqtisodiy erkinlik berilsa, soha rivojlanishi shuncha oson kechadi. Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo`jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o`zining munosib o`rniga ega bo`lishiga erishishimiz asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |