A.M. Kovalev asalarilarning o’simlik hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ekanligini ko’rsatadi. G. A Avatisyan esa asosiy etiborni nectar ajratishga ta’sir etuvchi omillarga qaratadi. Ular ichida eng asosiylari geografik va ob-havo sharoitlari, o’g’it, sug’orish va o’simlik navlari ekanligini ko’rsatadi.
V.V Rodionov va I. A Shabarshov (1965-yil) oq akatsiya, kungaboqar, g’o’za, donnik, cho’l yalpizi, oq-quray va yantoqni O’rta Osiyoda asosiy nektarga boy o’simlik ekanligini aytish bilan birga ular hamma vaqt shira ajratmasligi to’g’risida hech narsa deyilmagan. Bu ko’chma asalarichilarni chalg’itadi. Undan tashqari O’rta Osiyo cho’llarida serasal o’simliklardan paxta, kanop ham aytib o’tiladi. Holbuki, bular vodiy vahasida o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |