ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
“МОЛИЯ-ИҚТИСОД” факультети
“МОЛИЯ” кафедраси
Молия фанидан
КУРС ИШИ
Мавзу:
Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalari
.
Бажарди:ИММ-71 гуруҳ талабаси U.Zoitjonov.
Текширди: S.Sagdieva
Тошкент 2015
Mavzu: Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalari
.
Reja:
I.
Kirish.
II.
Asosiy qism.
1.
Kapital qo’yilmalarning mazmun-mohiyati.
2.
Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalarining hozirgi holat tahlili.
3.
Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
III.
Xulosa
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Kirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotni rivojlanishida
investitsiya va kapital qo`yilmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir
mamlakatning rivojlanish darajasi, ya`ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy
o`sishi ko`p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog`liq. Bizga
ma`lumki, mamlakatdagi investitsion jarayonlar asosida kapital qo`yilmalar yotadi.
Kapital qo`yilmalar mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga hamda
investitsiya faoliyatini kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda
aytish mumkinki, O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kapital
qo`yilmalarni keng miqyosida iqtisodiyot tarmoqlariga jalb etishga, investitsiya
faoliyatini rivojlantirishga katta e`tibor berildi. Chunki, bizning mamalakatda ham
iqtisodiy rivojlanishga samarali investitsiya faoliyatisiz erishib bo`lmaydi.
Darhaqiqat, bugun O`zbekiston mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish va
modernizatsiyalash, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirar ekan, investitsiya va
kapital qo`yilmalar jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog`i lozim.
Binobarin, O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib
borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to`liq
foydalanishni talab qilishi tabiiydir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek: “Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglab
olishimiz darkor – investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham
bo`lmaydi”
1
. Shu sababli, “Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalari”
mavzusini o`rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital qo`yilmalar hajmini
oshirish, uni moliyalashtirish manbalarini izlab topish muhim hisoblanadi.
Davlat mulkining iqtisodiyotdagi salmog’i kamayib, xususiy sektorning o’rni
va rolining oshib borishi natijasida kapital qo`yilmalarni respublikamiz iqtisodiyoti
tarmoqlariga kiritish borasidagi qiziqishi ortib bormoqda. Biroq, imkoniyatlar
chegaralangan bo’lsada mamlakatdagi mavjud investitsion muhit ichki va xorijiy
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun har qanday sharoitda ham bo’sh turgan pul
mablag’larini investitsion faoliyatga jalb etish va undan daromad olishni
kafolatlamog’i lozim. Bu vazifani oqilona hal qilish, o’z navbatida, samarali
hisoblangan ustuvor tarmoqlarni aniqlash, mahalliy va xorijiy kapital qo`yilmalarni
rag’batlantiruvchi maqbul investitsion siyosat yuritish va qulay investitsion muhit
yaratishni talab etadi. Shu boisdan ham nafaqat ichki, balki xorijiy kapital
qo`yilmalarni hajmini ko’paytirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish yo’nalishlarida ilmiy-amaliy asoslangan xulosalar va tavsiyalar ishlab
chiqish dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
1
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. - T.: “O`zbekiston”,
2010.