O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi Муаммоли савол: Рус олимларининг ушбу хулосалари тўғрими? 7 ega emasmiz. Bizgacha yetib kelgan oz sonli yozma manbalarda ular haqida ma’lumot berilmaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek ayrim arxivshunoslar O’rta Osiyoda to Rossiya istilosiga qadar maxsus arxivlar bo’lmagan degan fikrlarni bildirganlar. Ammo, bu fikrlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Avvalo shuni qayd etish kerakki, har qanday davlat hujjatlarsiz faolit ko’rsatishi amri maholdir. Shunday ekan, Ahmoniylar, Yunon-Baqtriya va Kushon davlatlarida zamonigacha kechgan davrda ham arxivlar bo’lgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan yoki hozirga qadar topilmagan. Bundan keyingi arxeologik tadqiqotlar jarayonida O’rta Osiyoda eng qadimiy arxivlarning topilishi ehtimoldan holi emas. Vatanimiz hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bo’lganligi 1948- 1950 yillarda Xorazmdagi Tuproqqal’a xarobasida S. P. Tolstov boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid xorazm tilida yozilgan 100 ga yaqin hujjat topildi. Bu hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Ularning 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi oshlangan charmga yozilgan. Hujjatlarning 8 tasi yaxshi saqlangan. Hozirgi kunga qadar 100ga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Tuproqqal’a arxiv hujjatalarining 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga soliq hujjatlari kiradi. Ular yog’ochga yozilgan. Ikkinchi guruh (teriga yozilgan) asosan xo’jalik hujjatlari bo’lib, ularga podsho xazinasiga tushgan jarimalarning nomi, miqdori hamda qayerdan kelganligi yozib qo’yilgan. Shunday qilib, tarixiy faktlar O’rta Osiyoda arxivlar qadimgi zamonlardan mavjud bo’lganligini ko’rsatmoqda. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida mavjud bo’lgan mayda davlatlarda arxivlar mavjud edi. Bu fikrni 1932- 1933 yillarda hozirgi Tojikiston Respublikasi Panjikent nohiyasidagi Mug’ tog’ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan so’g’d arxivi to’la tasdiqlaydi. Mug’ tog’idagi so’g’d arxivi deb ataluvchi bu majmua VII asr oxiri va VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o’z ichiga oladi. Ular So’g’d podsholigiga tobe bo’lgan Panj hokimi saroyi hamda turli viloyatlar hokimlari va amaldorlarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Arablarga qarshi kurash jarayonida Panj hokimi, bir muddat So’g’d podsholigi taxtiga da’vogarlik qilgan Divashtich o’z otryadi bilan Mug’ tog’ida joylashgan mudofaa qasriga chekingan. Shunda saroy hujjatlari ham bu yerga keltirilgan. 722 yilda arablar qasrni shturm bilan olib, uni buzib tashlaganlar. Hujjatlar vayron bo’lgan qasr ostida qolib ketgan va 1210 yil o’tgandan so’ng topildi. So’g’d arxivi hujjatlari yurtimizning ilk o’rta asrlar tarixiga doir g’oyat muhim ma’lumotlar beradi. Arab halifaligi hukmronligi tugatilgandan so’ng Movarounnahrda tashkil topgan Somoniylar davlatida arxivlar tashkil etiladi. Mashhur olim Abu Ali Ibn Sino o’z tarjimayi holida saltanat poytaxti – Buxoroda ulkan kutubxona-arxiv mavjud bo’lganligini qayd etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlarida, mo’g’ullar hukmronligi davrida, Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarhoniylar zamonida ham arxivlar faoliyat ko’rsatgan. Lekin