Fanning asosiy maqsad va vazifalari
“Hozirgi o‘zbek tili” fani o‘zbek filologiyasi mutaxassisliklar uchun asosiy poydevor fanlardan hisoblanadi.
«Hozirgi o‘zbek tili» fanini o‘qitishdan maqsad Davlat Ta’lim Standartlari asosida bo‘lg‘usi filologlarga o‘zbek tilining fonetik qurilishi, fonetik qonuniyatlari, lug‘at tarkibi, leksik-semantik guruhlari, lug‘atchilik masalasi, morfemik qurilishi, so‘z yasalishi tizimi, so‘z turkumlari, sintaktik qurilishi ( so‘z birikmasi, sodda gap, qo‘shma gap va matn sintaksisi) muammolari yuzasidan izchil ilmiy–nazariy ma’lumot berishdan, immanent imkoniyat sifatida ularning ongida joylashgan ifoda vositalarini etkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |