Ta’lim vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati



Download 212,84 Kb.
bet35/64
Sana13.01.2022
Hajmi212,84 Kb.
#356697
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
Dinshunoslik

An’ana tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta’sir o‘tkazadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar ongiga singgan (umum yoki ma’lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.

An’ana – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o‘tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzidir. Dunyoda an’analar va urf-odatlarga ega bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Shu ma’noda, an’analar butun insoniyatga xos tushunchadir.

Diniy va milliy an’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an’analar unutilmaydi, avlodlarga meros qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi. Har bir el, millat yoki xalq o‘z an’analarini rivojlantiradi, asrab-avaylaydi. An’analarda xalq dahosi, turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi aks etadi. Unda milliy ong va milliy qiyofa gavdalanadi. An’analarni mensimaslik, ular mansub xalq yoki millatni hurmat qilmaslikdir. An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularga keksa avlodning tajribalarini o‘zlashtirish vositasi hamdir.

Marosim – bu so‘zning ko‘pligi sifatida “rasm-rusum” so‘zi ishlatiladi. Arab tilidan tarjima qilinganda bu “tadbir” degan ma’noni anglatadi. Bu so‘zga quyidagicha ta’rif keltirilgan, ya’ni, 1) diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in: to‘y marosimlari, dafn marosimlari; 2) tantanalar bilan o‘tkaziladigan rasmiy yig‘in: yubileylar, mukofot berish marosimi va boshqalar.

Marosim atamasi nisbatan tor tushuncha bo‘lib, u shu xalq hayotining ma’lum sohalarida omma tomonidan qabul qilingan ko‘pincha ramziy harakatga ega bo‘lgan va ma’lum kishilar majmui tomonidan maxsus uyushtiriladigan namoyishlardan iborat. Shuningdek, marosim – inson hayotining moddiy va ma’naviy turmushining talab va ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan va keladigan hodisadir. Har qanday marosim u yoki bu xalqning ma’lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan holda vujudga keladi va yashaydi.




Download 212,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish