bosqichida optimal qarorlar qabul qilish yo‘li bilan mahsulot sifatini ta’minlash usuli va g‘oyasini ilgari surib, buni o ‘zining ishlarida batafsil tavsiflab bergan. 1980-yil oxirlarida yalpi sifat menejmenti (T Q M — Total Quality Management) usuliyati shakllandi. Sifat asosida yalpi bosh qarish — bu iste’molchilarning qoniqish darajasini oshirish uchun olingan ko‘nikma va bilimlarni qo‘llash va umumiy o ‘qitish hamda faoliyatning barcha turlarini doimiy yaxshilashda barcha xodimlarni jalb qilish va guruhli ishda peshqadamlik yordami bilan yuqori rahbariyatning natijaviylikni doimiy yaxshilash asosidagi biznes falsafasidir. ISO 9000 seriyali standartlarning paydo bo‘lishi va uni amaliyotda keng joriy qilishga TQM birinchi qadamlardan bo‘lib yo‘l ochib berdi.