jiddiy ijobiy tomonga o ‘zgartirila boshlanib, tabiiy fanlar bilan bir
qatorda sifatni boshqarishga ham ilmiy yondashila boshlangan.
1905-yilda birinchi sifatni boshqarish tizimi — Teylor tizimi
paydo bo‘ldi. U buyum (detal)lar sifatiga dopusklar ko‘rinishida
talablarni o ‘rnatib, alohida olingan har bir buyumning sifatini
boshqarish tizimini yaratishga asos soldi. Teylor tizimini amalda
muvaffaqiyatli ta’minlash uchun sifat sohasida ilk mutaxassislar —
inspektorlar faoliyat olib bora boshladilar.
Sifatni boshqarish fazasi. Mazkur rivojlanish fazasi XX asrning
20-yillaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi — oldingi faza
shakllariga xos nomutanosibliklarni garchand butkul bartaraf etil-
masa ham, salmog‘ini kamaytirish talab etilgan.
1924-yilning may oyida «Vestern Elektrik» firmasining (AQSH)
Do'stlaringiz bilan baham: |