standartlashtirishdan foydalanilganligining yorqin misolidir.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida muayyan kalibr
belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr II hukmronligi davrida
XVII—XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol-aslaha elementlari
aniq bir xil namunalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon
standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan.
1785-yili fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaha
qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol-aslahalar uchun
qo‘shimcha ishlovsiz tushar edi, ya’ni o ‘zaro almashinuvchan
bo‘lgan.
1846-yilda esa Germaniyada temiryo‘llar eni (koleyasi) va vagon
ulash ilashmasining unifikatsiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshi-
rildi. 1869-yilda esa temiryo‘l relsi profili o ‘lchamlari bo‘yicha
standart namunalar to ‘plami chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |