loyihalari bu tashkilotlar bilan kelishishi lozim. Boshqa manfaatdor
tashkilotlar vakolatiga tegishli talablar mavjud bo‘lgan texnik shart
larning loyihasini kelishish uchun bu tashkilotlarga jo‘natish zarur-
ligini ishlab chiquvchi aniqlaydi.
Texnik shartlarning loyihasini kelishish «Kelishilgan» grifi ostida
kelishuvchi tashkilot rahbari (rahbar muovini)ning imzosi bilan
yoki alohida hujjat (qabul komissiyasining dalolatnomasi, xat,
bayonnoma va h.k.) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda «Kelishilgan»
grifi ostida sana va hujjatning tartib raqami ko‘rsatiladi.
Texnik shartlarni ishlab chiquvchi (tayyorlovchi) buyurtmachi
bilan kelishilgan holda yoki ishlab chiquvchi (tayyorlovchi) buyurt-
machi bilan birgalikda tasdiqlaydi.
Texnik shartlar (texnik shartlarga o ‘zgartirishlar)ning tasdig‘i
hujjatning zarvarag‘ida «Tasdiqlayman» grifi ostida korxona rahbari
Do'stlaringiz bilan baham: |