bo‘lganda standartni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar tasdiqlanadi. X o ‘jalik yurituvchi subyektning qarori bo‘yicha korxona standartining amal qilish muddati cheklanishi mumkin. Chet iste’molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulotga kor xona standarti «O‘zstandart» agentligi idoralarida davlat ro‘yxa- tidan o ‘tishi lozim. 119
Korxona standartlarining belgisi quyidagilardan iborat: — hujjat indeksi — KSt; — korxonalar va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT) bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning sakkiz darajali kodi; — defis bilan ajratilgan, korxona tomonidan berilgan ro‘yxat- ning uchta raqamli tartib raqami; — ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami.