matlarga, shu jumladan:
1) mahsulotning tarkibiy qismlari, texnologik moslama va
asbob;
2) texnologik jarayonlar, shuningdek, ularga umumiy texnologik
me’yorlar va talablar (atrof-muhit, odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun
xavfsizlikni ta’minlashni hisobga olgan holda o ‘rnatiladi);
3) korxona ichida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
4) ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish jarayonlari,
mahsulot (jarayonlar, xizmatlar)ning sifatini ta’minlash, ishlab
chiqarishni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni
bajarishda tashkillashtirishning umumiy vazifalari.
Korxona standartlarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Zarur bo‘lgan hollarda korxonaning buyurtmasi bo‘yicha korxona
standartlarining loyihasini TQ yoki STT ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |