Namunaviy modda muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘la-
digan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan,
«toza suv», «toza metall» va hokazolar. «Toza rux» 420 °C tempe-
raturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o ‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetr-
larga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o ‘lchash
kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o ‘lchovlar
to ‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o ‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi
qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o ‘lchash vositalari,
namunaviy o ‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni,
nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon
va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |