soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismi kattalik
ning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o ‘lchami
noldan qancha birlikka farqlanishi yoki o ‘lchash birligi sifatida
olingan o‘lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi
yoki boshqacha aytganda, Q kattalikning qiymati uni o ‘lchash
birligining o ‘lchami [ Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi, degan
ma’noni anglashimiz lo zim:
Q = q[Q].
(2.7)
Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur
berilgan bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularni
diametrlari bo‘yicha solishtirish uchun muayyan bir asos sifatida
olingan birlik qiymat bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |