larga ega. Ushbu meros G ‘arb falsafasining shakllanishida, buyuk olimlar va allomalarning muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o ‘rin egallagan. Bundan tashqari, respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li»ning asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘l- ganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarni shakllan- tirgan buyuk allomalarning hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qot- magan kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari taraqqiyotida munosib o ‘rin egallagan. G ‘arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad al-Farg‘oniyning N il daryosining sathini o ‘lchash uchun m o‘ljallangan «Miqyosi Nil» qurilmasi, Mirzo Ulug‘bekning oddiy va sodda o ‘lchash asboblari bilan o ‘ta yuqori aniqlikda tuzilgan «Yulduzlar jadvali», qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning mod- 3