ostida ma’lum bo‘lgan standartlar to ‘plamlari uchun asos qilib
olingan.
Vaqt o ‘tishi bilan sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat
doirasidan tashqarida ham paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun
ham BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Ular,
asosan, amaliy rahbar hujjatlariga o ‘xshash bo‘lib, shartnomalar
bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari
harbiy talablar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni ham qo‘llash
mumkin, deb hisoblash qiyin edi.
Bu muammo o ‘z yechimini 1979-yilda topdi, shu yili uch
qismdan (1, 2, 3) iborat bo‘lgan BS 5750 standarti nashr qilindi.
Ular bir-biriga o ‘xshash va subyektiv edi hamda qo‘shimcha
tushuntirishlar, shuningdek, standartlarni q o‘llash b o ‘yicha
ma’lumot bo‘lgan qo‘shimcha qismlarni (4, 5, 6) talab qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |