— konstruktiv-unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab
chiqish;
— buyum va materiallar qo‘llanilishiga ruxsat etilayotgan no-
menklaturalarini maqsadli minimumga qisqartirish.
131
Birxillashtirishga turli talqinlar berilgan. Umumiy olganda,
birxillashtirishni elementlarning turli-tumanligini ular qo'llanadigan
tizimlarning turli-tumanligiga nisbatan qisqartirilishi deb tushunish
ko'proq maqsadga muvofiq bo'ladi.
Birxillashtirish asosan 3 ta darajada o'tkaziladi:
— korxona darajasida;
— tarmoq darajasida;
— tarmoqlararo darajada.
Keyingi vaqtlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlan-
moqda. Birxillashtirish muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda uning yo'nalishi, turi va darajasi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |