Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish
maqsadida, shuningdek, ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish
uchun standart ishlab chiqishning to ‘rt bosqichi o ‘rnatilgan:
1-bosqich — standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab
chiqish va tasdiqlash (zarur bo‘lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich — standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir)
va fikrlarni olish uchun tarqatish;
109
3-bosqich — fikr-mulohazalarni o ‘rganib chiqish, standart loyi-
hani (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga
taqdim etish;
4-bosqich — standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish.
Izoh:
standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qo‘shib baja-
rish ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |