t o ‘la s h va uy x o ‘jalik la rin in g x o d im la r m e h n a t ig a h a q toMashi
m uno sabati bilan ko‘chib yurishidan iborat bo'ladi;
7) banklar va moliya institutlari o ‘rtasidagi harakat. Pul mablag‘-
larining ushbu iqtisodiy m unosabatlar subyektlari o ‘rtasidagi harakati
o ‘zaro kreditlash operatsiyalari va iqtisodiy foyda olishga yoki uchinchi
subyektlarning muayyan operatsiyalarini rasmiylashtirishga yordam
beruvchi boshqa moliyaviy harakatlar doirasida am alga oshiriladi;
8) moliya institutlari va aholi o'rtasidagi harakat. Pul mablag‘-
larining bu holdagi harakati aholining, o d atda, o ‘z darom adlarini
ko‘paytirish maqsadida muayyan moliya operatsiyalarini bajarishi bilan
bogMiq;
9) jismoniy shaxslar o ‘rtasidagi harakat. Pul mablagMari harakatining
bu y o ‘Ii eng sezilmaydigan, lekin pul m ablag‘larining qayta taqsim -
lanishi tizimidagi eng m uhim y o ‘llardan biri hisoblanadi, chunki u
mablagMarning aholi o ‘rtasida k o 'c h ib yurishidan iborat. O d atda,
b und ay ko‘chib yurishning maqsadi maishiy masalalarni hal etish va
o ‘z oilasi a ’zolari farovonligining muayyan darajasini tutib turishdir.
Pul mablagMari harakatining har biri b o ‘yicha muqobil harakat
ham am alga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko ‘p
yo'nalishli boMadi va xo‘jalik faoliyati subyektlarini qam rab oladi.
T o ‘lov a y la n ish i u s h b u m a m la k a t d a a m a l q ila d ig a n t o ‘lov
vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha aytganda,
pul aylanishi deganda toMov vositalarining shaklidan q a t’i nazar bunday
barcha vositalaming majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag‘larining
harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellaming ko‘chib yurishi
shunga kiradi. Pul aylanishi t o ‘lov aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgila-
rining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
0 ‘z navbatida pul aylanishi t o ‘lov vositalari m uom alasining ikki
shakliga: pul muomalasi (yoki naqd pullar aylanishi) va p u l-to ‘lov
aylanishiga boMinadi.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablagMari m uom alasi,
pul belgilarining biryuridik yoki jism oniy shaxslardan boshqa shaxslarga
doimiy tarzda o ‘tib yurishi bilan bogMiq qismidir. B oshqacha aytganda,
bu iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi m u o m alada qatnashadigan bevosita
naqd pul massasidir. Shu tufayli pul m uom alasini b a ’zan naqd pullar
ning aylanishi deb ham atashadi.
P u l- to ‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi b o ‘lib, u n d a pullar
qanday shaklda taqdim etilganidan q a t’i nazar t o ‘lov vositasi sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: