Boshqa omillarning aks ta ’siri b o ‘lmagan paytda miliiy valuta kursi
pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan
xorijiy valutani nisbatan arzonlashgan miliiy valutaga alm ashuvi
hisobiga eksport mukofotini oladilar ham da tovarlarni o 'rta c h a jahon
baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo'ladilar.
M iliiy v a lu t a k u rsin in g p a s a y is h i, y u q o r id a b a y o n e tilg a n
im tiyozlardan tashqari, bir v aqtning o ‘zida im po rtning q im m a t-
lashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o'sishiga,
tovar olib kirish va iste’mol qilishni qisqarishiga ham da miliiy tovar
ishlab chiqarishni o'sishiga olib keladi. Valuta
kursining pasayishi miliiy
valutada ifodalangan real qarzdorlikning kamayishiga, xorijiy valutada
ifodalangan tashqi qarzlar og‘irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy
investorlar to m o nidan mamlakat miliiy valutasida olinayotgan foyda,
foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo‘lib qoladi.
Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida
tovarlar sotib olish ham da ularni eksport qilish uchun ishlatiladi.
V a lu ta kursi k o 'ta r ils a m a m la k a t ichkarisidagi b a h o la r n in g
raq obatdoshligi h a m d a e k sp o rtn in g sam aradorligi pasayadi. O 'z
navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari ham da yalpi miliiy
ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Im p ort esa
aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda miliiy kapitallarni oqib
kelishi rag'batlantiriladi, xorijiy kapital q o ‘yilmalariga olingan foydalarni
olib c hiqilishi o 's a d i. Q a d rsiz lan ib b o ray o tg a n xorijiy va lu ta da
ifodalangan m am la k a t tashqi q a rzining real summ asi kamayadi.
Valutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya’ni uning kurs dinamikasi
h a m d a sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy
m un o sa b a tla r u c h u n katta aham iyatga ega. Agarda pulning ichki
inflatsion qadrsizlanishi valuta kursining qadrsizlanishidan s u r’ati
b o 'y ic h a o 'z ib ketsa, o'zga shartlarning tengligi sharoitida miliiy
bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag‘-
batlantiriladi. Agarda valutaning tashqi qadrsizlanishi inflatsiya hisobiga
vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o ‘zib ketsa unda
valuta dempingi uchun sharoit yetiladi. Boshqacha aytganda, tashqi
bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o'rtacha
jah o n baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun
sharoit tug'iladi.
Valuta dempingi u c h un quyidagilar xususiyatlidir: 1) eksportyor
tovarlarni ichki bozorda inflatsiya t a ’sirida ko'tarilgan baholarda sotib
oig an h o ld a tashqi b o z o rd a o 'r t a c h a j a h o n ba h o la rid a n pastroq
darajada ularni nisb a ta n m uvozanatli b o ‘lgan valutaga sotadi; 2)
eksport baholarini pasaytirish manbasi b o ‘lib, tu sh um sifatida olingan
nisbatan barqaror valutani qadrsizlangan milliy valutaga almashtirgan
paytida hosil b o ‘ladigan kurslar farqi hisoblanadi; 3) tovarlarni
om m aviy
ravishda chetga olib chiqilishi e ksp o rty o rla rg a n ih o y atd a y u q o ri
darajadagi foydani t a ’minlaydi.
Demping bahosi ishlab chiqarish bahosidan yoki tannarxdan h a m
past b o ‘lishi m um kin. Biroq eksportyorlar u c h u n juda ham pasaytirib
yuborilgan baho m anfaatli emasdir, ch u n k i xorijlik k o n tra g e n tla r
to m onidan tovarlar reeksporti natijasida milliy tovarlar bilan raqobat-
chilik vujudga kelishi mumkin.
Erkin suzadigan valuta kurslari rejimi sharoitida kapitallar, ayniqsa
qisqa m u d d atli k a p it a ll a r h a ra k a tig a u la r o ‘z g a ris h in in g t a ’siri
kuchayadi. Ushbu omil esa o ‘z navbatida ayrim davlatlarning valuta-
iqtisodiy holatiga o ‘z t a ’sirini o ‘tkazadi.
V alutasining kursi k o ‘tarilib b o r a y o tg a n m a m la k a tg a x orijiy
kapitallarning oqib kelishi natijasida ssuda kapitallari va kapital
q o ‘yilmalarining hajmi vaqtincha oshib ketishi m umkin.
U shbu o ‘sgan sarm oyalar m am lakat iqtisodiyotini rivojlantirish
ham da davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadlariga ishlatilishi
m u m k i n . K a p i ta l la r n i m a m l a k a t d a n o q ib k e tish i esa u l a r n i n g
kamomadini, investitsiyalar qisqarishini va ishsizlik kuchayishini keltirib
chiqaradi.
Valuta kursi tebranishining oqibatlari mamlakatning valuta-iqtisodiy
mavqeiga, uning eksport kvotasi xalqaro iqtisodiy m unosabatlarda
tutgan o ‘rniga bog‘liq. Valuta kursi m am lakatlar, milliy eksportyor va
importyorlaro'rtasidagi kurash obyekti hamda davlatlararo nizolarning
manbasi b o ‘lib xizmat qiladi.
Ushbu sabablarga ko ‘ra valuta kursining m uam m olari iqtisodiy
fanda ahamiyatli o ‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: