Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V


o'r tasid agi  m a r k a y la s h g a n



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

o'r tasid agi  m a r k a y la s h g a n  
niaqsadli  pul 
f o n d l a r i n i  
va 
z a x i r a la r n i 
shakllantirishi,  taqsim lanishi  va  ularni 
s a r f l a n i s h i ,  
ilm iy -ta d q iq o t 
ishlarini  tarm oq  bo'yicha 
'Marketing 
tadqiqotini  o'tkazish,  investitsiya 
faoliyatini  olib  borishda  qaytarib  berish  sharti  asosidagi  moliyaviy 
yo rd am   ko'rsatish,  aylanm a  m ab la g 'la rin i  to 'ld iris h   bilan  b o g 'liq  
m unosabatlarni 
o'z  ichiga  oladi.  M u n o sab a tla rn in g   u sh b u   guruhi 
tarm oq ichidagi korxonalarm  ishlab chiqarishini  rivojlantirishni  qo'llab- 
quw atlash  bilan  bevosita  bog'liq  pul  m ablag'larini  qayta  taqsim lash 
h a m d a   ularni  ishlatilishi  bilan  bog'liq  m u n osabatlardan  iborat;
6) Tijorat tashkilotlari va korxonalar o'rtasidagi qimmatli qog'ozlarni 
tnuomaiaga  chiqarish  va  ularni  joylashtirish,  o 'z a ro   kreditlashtirish, 
q o 'sh m a   korxonalarni  tashkil  etishda  muassis  sifatida  ishtirok  etish 
bilan  bog'liq  munosabatlar.  U sh b u   m un o sab atlar  korxonalarning  o 'z  
faoliyatini  moliyalashtirishdagi  q o 'sh im c h a   moliyaviy  m anbalarni jalb 
etish  bilan  bog'liq  faoliyatga  bevosita  bog'liqdir;


7)  Korxonalar va  davlat  moliya  tizimi  o ‘rtasidagi  budjetga  soliqlar 
va yig‘imlam i to'lash.  budjetdan tashqari fondlarga to ‘lovlar o'tkazish, 
soliqlar bo'yicha imtiyozlar berish,  moliyaviy jazo  choralarini  qo'llash 
h a m d a   budjetdan  moliyalashtirish  bilan  bog'liq  munosabatlar;
8)  K o rx o n a la r  va  tijo ra t  b a n k la ri  o ‘rtasid ag i  b a n k la rd a   pul 
m a b la g ‘larini  saqlash,  kreditlar  olish  va  ularni  to'lab  berish,  bank 
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to ‘lash, xorijiy valutalami sotish 
va  sotib  olish,  turli  bank  xizmatlarini  ko'rsatish  bilan  bog'liq  m u ­
nosabatlar;
9)  Korxonalar  va  sug‘urta  tashkilotlari  o'rtasidagi  m ol-m ulkni, 
xodimlarining  ayrim  toifalarini,  tijorat  va  tadbirkorlik  qaltisliklarini 
(risklarni)  sug‘urta  qilish  bilan  bog‘liq  m unosabatlardan  iborat;
10)  K orxonalar  va  investitsiya  institutlari  o'rtasidagi  qim m atli 
qog‘ozlarni sotish va sotib olish,  investitsiyalarni joylashtirish,  xususiy- 
lashtirish  bilan  b o g iiq   munosabatlar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o'tilgan  moliyaviy  m unosabatlarning  liar  bir 
guruhi  o ‘ziga  xos  xususiyatlariga  ega  va  q o ‘llanishi  sohasi  bo'yicha 
ajralib  turadi.  Lekin  ularning  barchasi  ikki  tom onlam a  xarakterga  ega 
b o ‘lib,  ularning  m oddiy  asosi  bo'lib,  pul  m ablag‘larining  harakati 
tashkil  etadi.
Korxonaning pul  fondlari  mablag‘larining  harakati  ustav kapitalini 
shakllantirishi  bilan  boshlanadi  va  foydani  shakllanishi,  taqsimlanishi 
h a m d a   uni  sarflanishi  bilan  tugaydi.
Korxonalar moliyasi  bajaradigan  funksiyalar umumdavlat  moliyasi 
bajaradigan  funksiyalariga  o ‘xshash  va  ular  quyidagilardan  iborat:
1)  taqsimlash  funksiyasi;
2)  nazorat  funksiyasi.
Y uqorida  qayd  etilgan  funksiyalar  o ‘zaro  bog'liq  va  bir-birini 
t o ‘ldirib  turadi.  Quyida  m oliyaning  funksiyalarini  t o ‘liq  yoritishga 
harakat  qilinadi.
U m um davlat  moliyasi  o'zining  taqsimlash  funksiyasini  m akroda- 
rajada  amalga  oshirsa,  korxonalar  moliyasi  o ‘zining  taqsimlash  funk­
siyasini mikrodarajada amalga oshiradi.  Korxonalar moliyasi taqsimlash 
funksiyasi  yordam ida  birlamchi  kapitalni  shakllantirish,  ishlab  chi- 
qarishni moliyaviy  m anbalar bilan t a ’minlash,  darom adni va moliyaviy 
resurslarni taqsimlash,  majburiyatni  o ‘z  m uddatida  ham da t o ‘liq  baja- 
rish,  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar va  davlatning  manfatlarini  oqilona 
darajada  saqlab  turish  amalga  oshiriladi.  Taqsimlash  funksiyasi  orqali 
korxonaning darom adlarini taqsimlash natijasida maqsadli  pul fondlari


va zaxiralari shakllantiriladi.  B unday fondlarga ustav kapitali, qo'shilgan 
kapital,  zaxira  fondi,  ja m g 'a rm a   fondi,  iste’mol  fondi,  valuta  fondi 
va  boshqalarni  kiritish  mumkin.
K orxonalar  moliyasining  taqsim lash  funksiyasi  o ‘z  m ohiyatiga 
asosan  nafaqat  jarniyatning  u m u m iy   manfatlarini,  balki  o ‘z  vaqtida 
alohida olingan xo'jalik subyektlari,  t a ’sislar,  turli  aksiyadorlar,  ishchi- 
xodimlar,  kredit va sug'urta institutlarining manfatlarini  oqilona o ‘zida 
jamlashi  lozim.  Korxonalar  d o irasida  shakllantiriladigan  moliyaviy 
m ablag'larning hajmi,  kerakli  kapital  qo 'yilm alarini  m oliyalashtirish, 
aylanm a  m ablag'larni t o ‘ldirib  tu rish   va ko 'paytirish,  h a m m a  turdagi 
moliyaviy  m ajburiyatlarni  a m a lg a   o sh irish ,  ijtim oiy  x arak terd ag i 
ehtiyojlarni  t a ’minlash  im koniyatlarni  aniqlaydi.  U s h b u   faoliyatni 
amalga  oshirishda uning xo ‘ja lik -m o liy a  faoliyatini  íahlil  etish  asosiy 
aham iyatga  egadir.
Korxonalar moliyasining  n azorat  qilish  funksiyasini  obyektiv  asosi 
bo‘Iib  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish,  xizm atlar  k o ‘rsatish, 
ishlarni  bajarishdagi  xarajatlarning  qiym at  to m o n d a n   hisobga  olinishi 
va  buning  natijasida  darom adlarni  shakllanishi  ham da  pul  fondlarini 
taqsimlanishini tashkil etadi.  M oliya taqsim lash  m unosabatlari sifatida 
ishlab chiqarishni moliyalashtirishni  moliya manbalari bilan t a ’minlaydi 
va  shu  asosda  u  ishlab  chiqarishning  barcha  sohalarini,  y a ’ni  ishlab 
chiqarish,  ayirboshlash,  iste’m olni  o ‘z  ichiga  oladi.  Shuni  ta ’kidlash 
lozimki,  korxonalar mahsulot ishlab  chiqarish,  ishlarni amalga oshirish, 
xizmatlar  ko‘rsatish  natijasida  kelib  tushadigan  d aro m adning  m iqdo- 
ridan  ortig'ini taqsimlay olmaydi.  Olinadigan  daro m adning  m iqdorini 
oshirish uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,  xarajatlarni 
kamaytirish  va  moliyaviy  resurslardan  oqilona  foydalanishga  bevosita 
bog‘liqdir.  Xuddi  shu  jarayonlarda  n azorat  funksiyasi  alohida  a h a ­
miyatga  egadir.  K orxonalar  m oliyasining  nazorat  qilish  funksiyasi 
quyidagi  yo'nalishlarda  amalga  oshiriladi:
1)  Korxonalar  tom onidan  bevosita  moliyaviy  k o ‘rsatkichlarni  h a r 
to m onlam a  tahlil  etish,  moliya  rejalarini  bajarilishi  yuzasidan  tezkor 
nazoratni olib borish,  to var-m oddiy qiym atlarini yetkazib beruvchilar, 
buyurtm achilar,  tijorat  banklari,  davlat  budjeti,  bu d jetd an   tashqari 
fondlar  va  boshqa  k o n tra g e n tla r  oldidagi  m ajb u riy atlarn i  bajarish 
jarayonida  olib  boriladi;
2)  Korxonalarning  ta ’sischilari  va  aksiyadorlari  old id a  pul  m ab- 
lag 'la rin i  s a m a ra d o rlik   b ila n   jo y la s h tiris h ,  fo y d a  to p is h   h a m d a  
dividendlar  to'lash  yuzasidagi  n azo rat  olib  boriladi;


3)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Dalvat  Soliq  Q o'm itasi  vakolatidagi 
davlat  soliq  inspektorlari  to m o n id a n   budjet  va  budjetdan  tashqari 
fondlarga  soliqlar,  bojlar,  yig‘imlar  hamda  to ‘lovlarni  o ‘z  m uddatida 
t o ‘liq  to'lanishi  yuzasidan  nazorat  olib  boriladi;
4)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya Vazirligi  vakolatidagi  moliya 
b o ‘limlari  tom o n id an   o ‘zlarining  m oliya-xo‘jalik  faoliyatida  davlat 
budjeti  m ablag‘laridan  foydalanayotgan  korxonalarda  ushbu  mabla- 
g‘-larni  maqsadli  foydalanayotganligining  nazoratini  olib  boradilar;
5)  Tijorat  banklari  to m o n id an   korxonalarga  kreditlar  berish,  uni 
o ‘z vaqtida va foizi bilan qaytarilishini hamda boshqa bank xizmatlarini 
ko ‘rsatish  yuzasidan  nazorat  olib  boradilar;
6)  M ustaqil  auditorlik  firmalari  to m o n id an   korxonaning  yillik 
m oliya-xo‘jalik faoliyatini  auditorlik tekshiruvdan o'tkazish orqali olib 
boradilar.
K o rxonalar  ichidagi  moliya  nazoratini  alohida  tashkil  qilingan 
moliya  b o ‘limlari  amalga  oshiradi.  Korxonalarda  ishchi-xizmatchilar 
sonining  kamligi,  ishlab  chiqarish  hajmining  kamligi  sababli  ularda 
m oliya  n a z o ra tin i  olib  b o rish  vakolati  bosh  hisobchi  zim m asiga 
yuklatilgan.  K orxonalar  moliya-xo'jalik  faoliyatida  ijobiy  moliyaviy 
natijalarning  mavjudligi  ushbu  korxonada  moliya  nazoratini  yuqori 
darajada tashkil  etilganligidan  h am d a moliya  resurslarini  boshqarishda 
sam arador shakl va uslublardan foydalanilayotganligidan dalolat beradi. 
0 ‘z  vaqtida  buning  aksi,  korxona  moliya-xo'jalik  faoliyatida  salbiy 
moliyaviy natijalarning mavjudligi,  ushbu korxonada  moliya nazoratini 
sust  darajada  tashkil  etilganligidan  dalolat  beradi  h am d a  ushbu  holat 
korxonaning  moliyaviy  to m o n id an   «sinishi»ga  olib  kelishi  mumkin.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish