Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig'li operatsion tizim. Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda IBM, Intel, Hewlett-Packard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'zining x86 va amd64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatishi mumkin.
Mac OS X Apple korporatsiyasining POSIXga mos keladigan operatsion tizimi. Mach mikroyadrosi asosida Makintosh (Macintosh) kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan, himoyalangan xotira va ko'p masalali operatsion tizimdir. Mac OS X tarkibida Xcode dastur yozish muhiti bo'lib, C, C++, Objective-C, Ruby va Java tillarida dastur yaratish imkoniyatini beradi. Xcode yordamida bir nechta platformada (x86, PowerPC) ishlay oladigan dasturlarni (Universal Binary) yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |