Ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 7,49 Mb.
bet140/140
Sana12.01.2022
Hajmi7,49 Mb.
#353532
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
Amaliy matematika (2)

Internet saytlari

  1. Википедия. Свободная энциклопедия: www.ru.wikipedia.org

  2. http://www.intuit.ru/department/informatics/intinfo/

  3. http://stud.h16.ru/education/informat/eu intro/i1.htm

  4. http://www.junior.ru/students/miroshnikov/pon kod.htm

  5. http://www.dstu.edu.ru/informatics/mtdss/index.html

  6. http://www.tula.net/tgpu/new/New/informatic/g1.htm

  7. http://www.ziyonet.uz

Фойдали сайтлар




Номи

Интернет ресурслар



Электрон журнал

http://www.arki.ru/magaz



Мультимедиажурнал

http://www.625-net/index.htm



Тармок хавфсизлиги буйича электрон журнал

http://zlob.net.ru



Вебмастерлар учун журнал

http://allwebcreation.al.ru



Компьютерлар хакидаги газета ва журналлар

http://www.aha.ru



Журнал ЧИП

http://www.chip.com.ua



Журнал Про РС

http://propc.dz.ru



Журнал Мир Интернет

http://www.iworld.ru



Илмий-оммабоп Интернет журнал

http://www.xterra.ru



Хакерлар, программистлар, админлар учун журнал

http://www.cydsoft.com



Журнал Компьютер Пресс

http://www.compress.ru



Журнал UPGRAIDE: щаммаси темир хакида

http://upgrade.computer.ru



Журнал ТелеМультиМедиа

http://www.telemultimedia.ru



Илмий-оммабоп Интернет журнал

http://www.membrana.ru

Узбекистон сайтлари






УзМУ

http://www.nuu.uz



Узбекистон республикаси

http://www.gov.uz



Турли ахборотлар

http://www.bilimdon.uz



Мактаб грантлари

http://www.connect.uz



Сайт яратиш

http://www.re.uz



УзНЕТ ресурслари каталоги

http://www.sk.uz




Масофадан укитиш

http://www.dl.uz

http://www.darvoza.uz

http://www.edunet.uz



Вестминстер университети

http://www.wiut.uz



УзР ФА

http://www.academy.uz



Тест синовлари

http://www.Examen.uz

http://www.test.uz



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
GLOSSARIY

NAMANGAN – 2019

GLOSSARIY

 

Analog hisoblash mashinasi (AHM), uzluksiz o’zgaruvchi fizik kattaliklar (mashinaga oid o’zgaruvchan miqdorlar) bilan hal etilayotgan vazifaga oid tegishli o’zgaruvchan miqdorlarning analoglari o’rtasidagi muayyan nisbatlarni qayta ishlab chiqarish (modelini tuzish) uchun mo’ljallangan hisoblash qurilmasi. Mashinaga oid o’zgaruvchan miqdorlar sifatida elektr kuchlanish va toklar xizmat qiladigan, izlangan nisbatlar modeli esa elektr zanjirlarida ro’y beradigan fizik jarayonlar bilan tuziladigan elektron AHMlar keng tarqalgan.



Analog kompyuterlar - hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi sanaladigan, uzluksiz o’zgarib turuvchi fizik (elektr kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi kompyuterlar.

Mikroprotsessorning arifmetik-mantiqiy qurilmasi (AMQ) - sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi). Funktsional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.

Arxivator - kompyuterda yaratilgan hujjatlarni arxivlovchi dastur

Kompyuter arxitekturasi tushunchasi ostida kompyuterning mantiqan tashkil topgan qismi, tuzilishi va resurslari, ya’ni ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni uchun muayyan vaqtga ajratib beriladigan hisoblash tizimiga mansub vositalar majmui tushuniladi.

Kompyuterning tashqi qurilmalari mashinaning tevarak-atrof, jumladan foydalanuvchilar, boshqarish ob’ektlari va boshqa kompyuterlar bilan hamkorligini ta’minlaydi.

Tashqi xotira qurilmasidan muayyan vazifalarni hal etish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan axborotni uzoq vaqt saqlash uchun foydalaniladi.

Shaxsiy kompyuter afzalliklari: atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo’yilmagan tarzda muxtor ishlatilish;

ishining o’ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi);

arxitekturaning o’zgaruvchanligi, ya’ni fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo’llanilishga moslasha oladigan o’zgaruvchanligi;

foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi



Xotirada saqlash qurilmasi, kodlashtirilgan shaklda havola etilgan axborotni yozish, saqlash va chiqarib berish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, hisoblash mashinalari, avtomatik boshqaruv, telemexanika, dastur vositasida boshqariladigan texnologik agregat kabilarda qo’llaniladi. Axborot tashuvchi vositalar sifatida magnit tasmalari va disklaridan, optik disklar, ferrit o’zaklar, ingichka magnit plyonkalari va shu kabilardan foydalaniladi. Xotirada saqlash qurilmasining asosiy parametrlari jumlasiga hajm (bir vaqtda saqlanadigan axborot miqdori - bir necha o’nlab baytdan bir necha yuzlab Mbaytgacha) va murojaat qilish vaqti (2 ta ketma-ket murojaatlar orasidagi minimal vaqt bir necha o’nlab ns dan bir necha ms gacha) kiradi.

Internet (Internet, lat. inter -orasida va net - tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko’rsatish provayderlarining) tarmoqlarini barobar ulab turadigan Butun jahon kompyuter tarmog’i. Internetga kirish turlari orasida on line va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko’rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori talablar qo’ymaydi, biroq faqat e- mail - elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi.

Gipermatn (hypertext) -hujjatlarni yoki ma’lumotlar bazalarini tashkillashtirish usuli. Bunda hujjatlarning yoki axborotlarning tegishli qismlari (parchalari) bir-biri bilan ishoralar (links, hyperlinks) vositasida o’zaro bog’lanadi va foydalanuvchiga, fikrlash yo’li bilan, ushbu ishoralar bo’yicha tegishli hujjatlar yoki axborotga o’tish imkonini beradi. Ishoralar matn, grafik, audio yoki video formatda havola etilishi mumkin.

HTML (Hypertext Markup Language) o’z ichiga fayl belgilashning dasturiy kodlari (markup symbols) yoki teglarni (tags) mujassam etib, ular shriftlarni, qatlam, grafika va boshqa Web-hujjatlarga ishoralarni belgilab beradi.

HTTP (HyperText Transfer Protocol) Internet orqali Web-sahifalar uzatilishiga oid standartlar to’plamini belgilaydi.

URL (Universal Resource Locator) faylning yoki Internetdagi resursning joylashgan joyini (manzilini) belgilash uchun mo’ljallangan standartdan iborat. Resurs turi qo’llanilayotgan protokolga bog’liq. Web misolida mulohaza yuritiladigan bo’lsa, bunda protokol HTTP sanaladi, resurs sifatida HTML-sahifa, grafik fayl va olis kompyuterda amalga oshayotgan dastur xizmat qiladi.

.com - tijorat domeni

.edu - ta’limga oid domen

.gov - hukumat domeni

.org - notijorat tashkilotlar domeni

.net - tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi provayderlar domeni

.mil - qurolli kuchlar domeni.

Interfeys (interface) -kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui.

Hisoblash tizimidagi qurilmalar o’rtasida (misol uchun, axborot kiritish qurilmasi bilan xotirada saqlash qurilmasi o’rtasida) axborot almashinuvi uchun mo’ljallangan, bir xil signal va apparatlarga ega aloqa tizimi.



Axborot (lat. Informatio - tushuntirish, bayon etish). Ushbu atamaning ibtidoiy ma’nosi -insonlar tomonidan og’zaki, yozma yoki boshqa usullar bilan (shartli signallar, texnik vositalar va shu kabilar yordamida) uzatiladigan ma’lumotlarni anglatadi. O’tgan XX asr o’rtalaridan e’tiboran esa bu atama umumilmiy mazmun kasb etib, o’z ichiga odamlar o’rtasida, inson bilan avtomat, avtomat bilan avtomat o’rtasida ma’lumotlar almashinishini, hayvonot olami va o’simliklar dunyosida kuzatiladigan signal almashuvlarni, hujayradan hujayraga, organizmdan organizmga muayyan alomatlar o’tishini (genetik axborotni) hamda kibernetikaga oid asosiy tushunchalardan birini mujassam etdi

Klaviatura - (nem. klaviatur, lat. clavis - kalit), muayyan tartibda joylashtirilgan pishang-tugmalar to’plami bo’lib, kompyuter ichiga sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini dastaki kiritish uchun mo’ljallangan.

Kompyuter (ingl. computer -hisoblagich, lat. computo -hisoblamoqdaman) - elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig’ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblar chiqarish, belgilar bilan manipulyatsiya qilish va shu kabi boshqa qobiliyatlarga ega bo’lib, o’z ishini maxsus yo’riqlar bilan ijro etadigan, ya’ni bajaradigan ishi dasturlanadigan, ushbu dastur vositasida hisoblar chiqarishning murakkab izchilligini qabul qilib, amalga oshiradigan ko’p funktsional elektron uskuna (mashina).

Kompyuter tarmog’i, axborot uzatish kanali (yoki elektr aloqa kanali) orqali bog’langan kompyuterlar, zaruriy dasturiy ta’minotlar va axborotga, uni taqsimlab ishlov berishni tashkillashtirish uchun mo’ljallangan texnik vositalar majmui.

Bunday tizimdan, unga ulangan qurilmalarning har qanday biri axborot uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalanishi mumkin. Miqyosiga ko’ra kompyuter tarmoqlari mahalliy va global tarmoqlarga farq qiladi.



Mahalliy kompyuter tarmoqlari (yoki mahalliy hisoblash tarmoqlari - MHT) bir necha metrdan bir necha kilometrgacha masofada ishlashi mumkin. Odatda bunday tarmoqlar bitta tashkilot yoki korxona kompyuterlarini qamrab olib, bitta binodan tashqariga chiqmaydi.

Global kompyuter tarmoqlari axborot uzatish uchun optik tolali aloqa magistrallari, sun’iy yo’ldosh orqali tashkil etiladigan aloqa tizimlari va kommutatsiya qilinadigan telefon tarmog’idan foydalanadigan butun mintaqa, mamlakat va qit’alarni qamrab olgan tarzda juda ko’p kompyuterlarning o’zaro ulanishini ta’minlaydigan kompyuter tarmog’i.

Kompyuter dasturlari uchta toifaga bo’linadi, jumladan:

amaliy dasturlar - kompyuterdan foydalanayotgan insonga zarur bo’lgan ishlarni (misol uchun, matnlarni tahrirlash, axborot massivlarini qayta ishlash, videotasvirni ko’rish, xabar yuborish kabi ishlarni) bevosita amalga oshiradigan dasturlar;

tizimga oid dasturlar, bunday dasturlar orasida kompyuter ishini boshqaradigan, boshqa dasturlarni ishga tushirib, kompyuter ishlayotgan vaqtda xizmat ko’rsatib boradigan -operatsion tizim alohida ahamiyatga egadir. Xizmat ko’rsatish vazifasini bajaruvchi boshqa dasturlar asosan ko’makchi ish bajaradi, ya’ni misol uchun, foydalanilayotgan axborotning zaxira nusxalarini barpo etadi, kompyuter qurilmalarining ish qobiliyatini tekshirib boradi va h. k.;

Kompyuter monitori (displey, display - ko’rsatmoq, tasvirlamoq), matnli va grafik axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli asbob) ekranida ko’z bilan ko’rish uchun aks ettiradigan qurilma. Monitorlar rangli va monoxrom bo’lib, bir-biridan o’lchamlari bilan farq qiladi. Shuningdek, rostlash va ranglarni to’g’rilash uchun mo’ljallangan turli vositalar bilan jihozlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo’ladi.

Kursor (ingl. cursor -ko’rsatkich) EHM tomonidan displey ekranida ko’rsatilib, uning ish nuqtasini belgilaydigan (identifikatsiyalaydigan) harakatchan belgi.

Kesh-xotira qurilmasi - foydalanuvchi daxl qila olmaydigan, nisbatan sekin ishlovchi xotira qurilmalari ichida saqlanayotgan axborot bilan bajarilayotgan operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ravishda ishlatiladigan, tez ishlovchi, kichik hajmli (virtual) buferli xotira qurilmasidir. Agar mashinada hajmi 256 Kbaytga teng kesh-xotira qurilmasi qo’llanilayotgan bo’lsa, ushbu qurilma shaxsiy kompyuter ishining unumdorligini 20 foizga oshiradi

Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo’lsa ham-ki, u haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o’lchanadi). Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomida saqlash, yozib olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish uchun mo’ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash uchun qo’llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi.

Minikompyuterlar yirik hisoblash mashinalari (meynfreymlar) bilan mikrokompyuterlar o’rtasidagi oraliq mavqega ega kompyuterlar turi. Aksariyat hollarda minikompyuterlarda RISC va UNIX arxitekturasi qo’llanilib, ular o’nlab va yuzlab terminallar yoki mikrokompyuterlar ulanadigan serverlar vazifasini bajaradi. Minikompyuterlar yirik firmalar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar, o’quv muassasalari va kompyuter markazlarida, mikrokompyuterlar hal eta olmaydigan ishlarni bajarish, axborotning juda katta hajmini saqlash va unga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Minikompyuterlar asosan Ay-Ti-end-Ti (AT&T), Intel (Intel), Xyulett-Pakkard (Hewlett-Packard), Digital Equipment firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Modem (ingl. mo(dulator) va dem(odulator)), kompyuterlar orasida axborot almashinish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, aloqa yo’li orqali uzatish maqsadida diskret (uzlukli) signallarni modulyatsiya qilingan uzluksiz signallarga va bunday signallarni qabul qilish mobaynida (demodulyatsiya qilgan tarzda) diskret signalga aylantirish uchun xizmat qiladi. Mahalliy hisoblash tarmoqlarida, modem, axborot oqimining server bilan terminallar orasidagi taqsimotini boshqaradi.

Sichqon (ingl. mouse) qo’l kaftiga bemalol sig’adigan, tugmali quticha ko’rinishiga ega kompyuter manipulyatori, ko’rsatish qurilmasi. Sichqon stol yoki shunga o’xshash boshqa yuza ustida qanday surilsa, monitor ekranidagi kursor ham xuddi shu tarzda surilib boradi. Sichqondagi tugmalari yordamida kompyuterga komandalar beriladi. Sichqon grafik to’plamlarda keng ko’lamda qo’llaniladigan menyu, piktogramma kabi ob’ektlar bilan manipulyatsiya qilish amallarini nihoyatda qulaylashtiradi.

Noutbuk (ingl. notebook - yozuv daftari) jamiki ichki va tashqi qurilmalari yagona korpusga birlashtirilgan bo’lib, odatda, vazni 2-5 kg keladigan kichik chemodan ko’rinishiga ega ixcham mikrokompyuter. Ko’chmas mikrokompyuterga ulangani kabi, noutbukka ham qo’shimcha tashqi qurilmalar ulanishi mumkin. Elektr ta’minoti bilan akkumulyator batareyalari vositasida ta’minlanadi.

Asosiy xotira qurilmasi axborotni saqlash va kompyuterning boshqa bloklari bilan almashinish uchun mo’ljallangan.

Mashinaning asosiy funktsional imkoniyatlari - axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish.

Shaxsiy kompyuter - hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bo’yicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o’rnatiladigan yoki qo’lda olib yuriladigan, atayin bitta foydalanuvchi tomonidan ishlatilishi uchun yaratilgan EHM.

Tizim bloki tarkibiga esa kompyuterning barcha asosiy uzellari kiradi. Jumladan:

tizim platasi (yoki asosiy plata) Motherboard

elektr ta’minot bloki;

ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich (vinchester);

ko’chma magnit disk asosidagi to’plagich;

optik disk asosidagi to’plagich;

qo’shimcha qurilmalarni ulash uchun mo’ljallangan ajratkichlar.

Plotter (ingl. plotter -kartograf) - grafik axborotni (rasm, chizma va xaritalarni) qog’ozga chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma.

Foydalanuvchi, informatikada - hisoblash tizimi (misol uchun EHM) yoki dasturiy vositadan (dastur, ish tartibi va shu kabilardan) foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Printer - axborotni qog’ozga bosib chiqarish uchun mo’ljallangan elektromexanik qurilma. Printerlar monoxrom va rangli, zarb berib (impact) va zarb bermay ishlaydigan (non-impact) turlarga bo’linadi. Ishi izchil kechadigan printerlar belgilarni qog’ozga ketma-ket bosadi, satrli printerlar - bitta satrni birdaniga, sahifali printerlar esa bitta sahifani butunligicha shakllantiradi.

Matritsali printerlar XX asrning 70-, 80- yillarida kompyuter sohasida eng keng tarqalgan printerlar bo’lgan. Ishi zarb berib (impact dot matrix) izchil kechadigan axborot bosish qurilmalari ignalar yoki ingichka kichik o’zaklarning bitta (ikkita) vertikal qatoriga

ega bosuvchi kallak bilan jihozlangan.



Purkovchi printerlar zarb bermay ishlaydigan (non-impact) printerlar turiga mansubdir. Bunday printerlarda tasvir, bosuvchi kallak naychalari (soplolari) vositasida qog’ozga purkaladigan maxsus siyohlarning mikrotomchilari bilan shakllanadi. Ushbu naychalar soni, printerlar modellariga bog’liq holda, odatda, 12 donadan 256 donagacha bo’ladi. Purkovchi printerlarning aksariyat modellarida tasvirni tiniq bosish qobiliyati bir dyuymga 1440 ta nuqtaga qadar etadi. Matritsali printerlardan farqliroq purkovchi printerlar ishi ancha shovqinsiz kechib, tasvir sifatli bosilishini ta’minlaydi.

Lazerli printerlarda tasvir yaratilishining elektrografik tamoyili qo’llaniladi, ya’ni: bo’yoq (toner) zarralari elektrostatik potentsial yordamida barabanga tortiladi va barabanda shu tariqa hosil bo’lgan tasvir qog’ozga o’tadi.

Yorug’lik diodi vositasida ishlaydigan printerlar (Light Emitting Diode, LED) o’z nomini yarim o’tkazgich lazer o’rniga juda kichik yorug’lik diodlarining "tarog’i" qo’llanilganligi uchun olgan. Bunday printerlarga aylanuvchi ko’zgu va linzalarning murakkab optik tizimiga ehtiyoj bo’lmaydi, bu esa, o’z navbatida, printerning tan narxi arzonlashishiga imkon yaratadi.

Sublimatsion printerlar (dye sublimation) rangli tasvirlarni o’ta yuqori sifat bilan bosish uchun qo’llaniladi. Bunday printerlarda bo’yash tasmalari taxminan 400 gradusga qadar qizdiriladi. Natijada bo’yoq modda bug’lanib, maxsus qog’ozga o’tadi.

Dastur (hisoblash mashinasida) - masalani echish qoidalari yoki amallari majmuining (algoritmining) dasturlash tilida berilgan tavsifi (muayyan EHMning mashina tiliga translyator vositasida avtomatik tarzda o’giriladi). Dastur tuzish jarayoni -dasturlash deb ataladi

Dasturlash, EHMda hal etiladigan vazifalarni tayyorlash bo’lib, o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

Dasturiy ta’minot (yoki EHMning matematik ta’minoti), Ehmning avtomatik ravishda ishlashini ta’minlovchi dasturlar, tavsiflar va yo’riqnomalar kompleksi. Umumiy matematik ta’minot (muayyan EHMda hisoblash jarayonini tashkillashtirish uchun) va maxsus (ma’lum vazifalarni hal etish uchun) matematik ta’minotlarga farq qiladi.

Sayt - (site - joy, o’rin), axborot ko’rsatish uchun mo’ljallangan, Internet tarmog’ida o’z manziliga ega bo’lgan sahifa. Internet tarmog’ida ushbu atama o’zaro bog’langan gipermatnli hujjatlardan (kichik sahifalardan) tashkil topgan yagona informatsion tuzilishni anglatadi.

Skaner (scanner) qog’ozdagi mashinkada yozilgan matnni, shuningdek, grafik tasvirlar, rasmlar, chizmalar, slaydlar va fotosuratlarni avtomatik hisoblab, kompyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.

Multimedia vositalari - apparat vositalari va dasturiy vositalar kompleksi bo’lib, insonga, o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlar, ya’ni: tovush, video, grafika, matn, animatsiya kabilardan foydalangan tarzda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradigan vositalardir. Multimedia vositalari jumlasiga:

Fayl (file, asosan: qog’ozlarni tikib qo’yish, kartoteka hamda ma’lumotlar to’plami ma’nolarini anglatadi), ayrim yozuvlarni identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan tavsiflarga ega, o’zaro bog’liq, tartibga solingan yozuvlar majmui. Asosan kompyuterning tashqi xotirasida joylashib, yuborish va ishlov berish jarayonida yaxlit holdagi narsa sifatida qabul qilinadi

Forum (lat. forum) - Internet tarmog’idagi ommaviy yig’in yoki anjuman. (Qo’shimcha ma’lumot: Qadimiy Rimda ushbu atama siyosiy hayot markaziga aylangan maydon yoki bozorni anglatgan. Rimning bosh forumi - Romanum forumi sanaladi, eramizdan oldingi 6- asrdan boshlab rivojlanib kelgan ushbu forum serhasham arxitektura ansambliga aylandi. Shuningdek, forum deb, har qanday ommaviy vakillar yig’ilishi, s’ezdga aytiladi. Misol uchun, Butun jahon yoshlar forumi)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
ILOVALAR

NAMANGAN – 2019






Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish