Kurs ishining ob’ekti bo’lib, Aksiyadorlik va yuridik shaxslarning xizmat tizimining o‘ziga xos xususiyatlari o’rganilish obekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Aksiyadorlar va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Aksiyadorlar va yuridik tizimining shakllanishi va xususiyatlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Aksiyadorlik hamda yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha azaldan mulkiy munosabatlarda jismoniy shaxslar bilan bir qatorda ma’lum darajadagi mulk mablag‘iga ega bo‘lgan ayrim birlashmalar ham ishtirok etganlar. Bundan XX asr oldin Rim davlatida xususiy korporatsiyalar mavjud bo‘lib, ular diniy maqsaddagi uyushmalar mohir duradgorlar uyushmasidan iborat edi.
Rim Yuristlaridan Gayning guvohlik berishicha, qonunlari diniy maqsaddagi uyushmalarga o‘zlari uchun qonunga xilof bo‘lmagan holda nizom yaratishlari uchun huquq berganlar. Rim respublika davrida ko‘plab korporatsiyalar, jumladan: ya’ni, magistrlar xizmatchilari korporatsiyasi, turli o‘zaro yordam ko‘rsatuvchi birlashmalar, shuningdek, dafn etish marosimini o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyalar hamda Rimning siyosiy va xo‘jalik hayotida muhim o‘rin tutgan, davlat bilan shartnoma tuzib, davlat hisobidan sarmoya undirib, davlat uchun yirik qurilish ishlarini olib boruvchi tadbirkorlar birlashmasi va boshqalar mavjud edi. Ularning ko‘pchiligi prinsipiat davrida Yuridik shaxs sifatida e’tirof etildi.
Fuqarolik huquqining mustaqil sub’ektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki davlat Yuridik shaxslarga ham beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida Yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning butun bir turkumi vujudga keltirilgan. Siyosiy partiyalar, Banklar va bank faoliyati, Notariat, Ma’suliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar, Xo‘jalik shirkatlari, Xususiy korxonalar, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, Nodavlat notijorat tashkilotlar, Jamoat fondlari, Birja va birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir. Ularning har birida turli xo‘jalik Yuritish shakliga ega bo‘lgan u yoki bu Yuridik shaxslarga o‘ziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan.
Amaldagi fuqarolik kodeksi esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi:
O‘z mulkida, xo‘jalik Yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan ham o‘z majburiyatlari Yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot Yuridik shaxs hisoblanadi1.
Yuridik shaxslar:
tashkiliy birlik;
mulkiy mustaqillik;
mustaqil mulkiy javobgarlik;
fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |