Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси



Download 274,38 Kb.
bet7/14
Sana04.03.2022
Hajmi274,38 Kb.
#482726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Agro ishlab chiqarish Kurs ishi

Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.
Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xoʼjalik sohalaridagi shakli agrobiznes koʼrinishida namoyon boʼladi. Аgrobiznes tushunchasiga qishloq xoʼjaligi bilan bogʼliq boʼlgan faoliyat bilan shugʼullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xoʼjaligiga texnikaviy, taʼmirlash xizmati koʼrsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan bogʼliq boʼlgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha boʼgʼinlarini qamrab oladi.
Аgrobiznesning asosiy turlari quyidagilar:
• Fermer va dehqon xoʼjaliklari.
• Аgrofirmalar.
• Аgrosanoat birlashmalari.
• Аgrosanoat kombinatalri.
• Shirkatlar va boshqa jamoa xoʼjaliklari.
Qoʼshma korxonalari (agar sohadagi)
Аgrobiznes faoliyatining maqsadi isteʼmol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xoʼjalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz taʼminlash orqali foyda koʼrishdan iborat.
Аgrobiznesning asosiy shakli va birlamchi boʼgʼini fermer va dehqon xoʼjaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xoʼjaliklar oʼz yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning oʼzi va oila aʼzolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mexnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xoʼjaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qoʼshiladi, bu esa yuqori samarani taʼminlaydi. Fermer xoʼjaliklari mustaqil tuzilma boʼlishi sababli oʼz faoliyatini bozor konьyukturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun masʼuliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xoʼjaligining yashovchanligini taʼminlaydi.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xoʼjaliklari, qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat koʼrsatishi lozimligini taʼkidlab oʼtgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xoʼjaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar koʼrib ishlash natijasida ogʼir ahvolga tushib qolgan davlat xoʼjaliklarining tarkibi fermer xoʼjaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xoʼjaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xoʼjaliklarini uyushtirish hamda dehqonning oʼz mol-mulki negizidan bunday xoʼjaliklarni dehqon xoʼjaligi tashkil qilish yoʼli bilan boradi. Fermer xoʼjaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat koʼrsatadi. Fermer va dehqon xoʼjaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish Oʼzbekiston respublikasining «Fermer xoʼjaligi toʼgʼrisida»gi, «Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida»gi, «Qishloq xoʼjaligi kooperativi (shirkat xoʼjaligi) toʼgʼrisida»gi qonunlarga hamda qishloq xoʼjaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitmlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Shu bilan, birga bu xoʼjalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yoʼli bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xoʼjaliklarini rivojlantirishni ragʼbatlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shartsharoitlar yaratildi. Natijada Respublikada 2009 yil boshiga kelib fermer xoʼjaliklari soni 220,0 ming dan ziyodni tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xoʼjalik foydalanishidagi yerlar maydoni 5896 ming gektarni tashkil qilib, bir xoʼjalik ixtiyoridagi yer maydoni 27,0 gektarga toʼgʼri keladi. 2008 yilda fermer xoʼjaliklarida butun qishloq xoʼjalik mahsulotlarining 32,5 foizi yetishtirilgan. Respublikada fermer xoʼjaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat koʼrsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina – traktor parklari, taʼmirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Аgrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular maʼlum turdagi qishloq xoʼjalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qoʼshib olib boradigan korxonalardir.
Аgrofirmalar ham qishloq xoʼjaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, isteʼmolga tayyor boʼlgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xoʼjalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Аgrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Аgrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bogʼliq ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanuvchi bir necha xoʼjalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, Bogʼdorchilik va uzumchilik bilan shugʼullanuvchi xoʼjaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xoʼjalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Аgrosanoat kombinatlari qishloq xoʼjalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xoʼjalik va korxonalarning maʼlum bir hududida birlashuvidir. Аgrobiznes turiga koʼngilli va paychilik mablagʼlari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xoʼjaligidagi davlat korxonalari, jamoa xoʼjaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qoʼshma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat koʼrsatadi.







Download 274,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish