Tа`lim vаzirligi buxоrо dаvlаt universiteti iqtisоdiyоt vа turizm fаkultetI «turizm vа mehmоnxоnа xо’jаligi» kаfedrаsi



Download 28,13 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi28,13 Kb.
#775369
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Muhammadjon Atoyev Referat


О`ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI ОLIY VА О`RTА MАXSUS
TА`LIM VАZIRLIGI


BUXОRО DАVLАT UNIVERSITETI
IQTISОDIYОT VА TURIZM fаkultetI
«TURIZM VА MEHMОNXОNА XО’JАLIGI» KАFEDRАSI

Servisda reklama faoliyatini tashkil etish” fanidan




Referat


Mаvzu: Reklamada rangning vazifalari.


Bаjаrdi:3-1XS-19 guruhi talabasi Atoyev Muhammadjon
Buxоrо – 2022- yil


Mavzu: Reklamada rangning vazifalari.
1.1 Reklamaning umumiy tavsifi va maqsadi
1.2 Reklamadagi ranglar uyushmasi
1.3 Reklamadagi rang qiymati.

Reklama so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “reklamo” — qichqirmoq degan ma’noni anglatadi. Istilohda esa tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi ma’lumot beruvchi axborothisoblanib, bevosita yoki bilvosita foyda - daromad olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish ya’ni uzoq davrli taʼsir koʻrsatish, joriy sotish hajmini koʻpaytirish - qisqa davrli taʼsir koʻrsatish, haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — haridorni qiziqtirish, mijoz haridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.


Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning II-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi.
Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — reklama eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi reklama — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi.
Bunday reklama davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi.
Har bir firma oʻz R. faoliyatini R. agentlarini yollash yoki R. xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. R.ning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda R. matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus R. filmlari namoyish etiladi. R.qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida R. harajatlarining hissasi ortib boradi, Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish Reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998-yil 25 dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu konunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi


Download 28,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish