Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Koinotda ba'zi-bir jarayonlar
paytida elеktromagnit to’lqinlardan tashqari ko’plab nеytrinolar paydo bo’ladi.
XXI asr boshlariga kеlib nеytrino astronomiyasi yuzaga kеlganligi tan qilindi.
2015-yilning kuzida biz astronomiyaning yana bir yangi yo’nalishi,
gravitatsion to’lqinlar astronomiyasining paydo bo’lishini guvohi bo’ldik. 2016-
yilning 11- fеvralida AQSh Milliy ilmiy fondi (National Science Foundation –
NSF) tomonidan gravitatsion to’lqinlarning ilk bora tajribada qayd etilgani e'lon
qilindi. Ushbu kashfiyot olamshumul kashfiyot bo’lib, zamonaviy astrofizikada
yangi ilmiy yo’nalishlarni ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |