Buyuk allomalarimiz va ularni matematikafani rivojiga qo’shgan hissalari.
Muso al-XORAZMIY (783-850)
Dastlabki savod va turli xil sohadagi bilimlarni u o'z ona yurti Xorazm va
M ovorounnaxr shaxarlarida ko'pgina ustozlardan oladi. So'ngra u halifa Ma'mun zamonida (813-833 yillar) “Bayt ul-hikmat”da mudir sifatida faoliyat ko'rsatadi. Zamonasining mashxur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan xissa qo'shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozgan. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha etib kelgan. Matematikaga doir asarlari “Al - jabr val - muqobala”, “Hind xisobi haqida”, geografiyaga oid asarlari “Kitob surat ul - arz” (Er Surati), astronomiyaga oid asarlari “Zij” va “Ustirlabbilan ishlash haqida”, tarixga oid asarlari “Kitob at - tarix”, “Yaxudiylarni taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” nomlari bilan atalgan.
Al-Xorazmiy o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin burilish yasadi. Al- Xorazmiy chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish usullarini sodda usullarda bayon etgan.
Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.
Abu Rayhon BERUNIY (973-1048)
A bu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad Xorazmning Kot shahrida
(hozirgi Qoraqalpog‘iston respublikasidagi Beruniy tumani) tug‘ilgan. O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi. U barcha fanlarni, birinchi navbatda, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, etnografiya fanlarini puxta egallagan va bu sohalarda yirik asarlar yaratgan. Uning “Geodeziya”, “Hindiston”, “Qonuni Mas’udiy”, “Saydana” singari mashhur asarlari bor.
Dastlabki ta'limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o'tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G'aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so'zi «tashqari» degan ma'noni anglatadi. Ma'lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi na'lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina etib kelgan. Uning bir qancha kitobi tabiiyot ilmiga bag'ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tabiiyot va tabiat hodisalarini o'rganish usullari , harakat, tovush, issiqlik, yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo'ladi. Beruniyning o'sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri - globus ixtiro etganligidir. U quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, Er esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini aytadi. Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va
Atlantika okeanlari ortida katta quruqlik mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surgan, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqib, geodeziya faniga asos soldi.
A bu Nasr Muhammad al-FAROBIY (873-950)
Sharq falsafasining yetuk vakili - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn Uzlog‘ al-Farobiy Sirdaryoning Farob tumanida tug‘ilgan. O‘rta Osiyodan ketguncha Shoshda, Samarqandda va Buxoroda o‘qib ishlagan. Bog‘dodga kelib tibbiyot, mantiq va grek tilini o‘rgangan. Shuningdek Xaleb va Damashqda ijod qilgan. Al-Farobiy Aristotel, Platon, Yevklid va Ptolemey asarlariga izoh tuzgan. Uning asarlari ibn Sino uchun, Yevropaning o‘rta asrlar falsafasi va fani uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yevropa uchun Farobiyning ismi lotinlash-tirilgan Alpharabius nomi bilan ma’lum. Unga qarashli asarlar: “Geometrik yasashlarga doir qo‘llanma”, “Yulduzlar to‘g‘risida ishonchli va ishonchsiz hukmlar haqida risola”, “Fizika fani elementlari haqida yuqori fikrlar kitobi”, “Ximiya san’atining zaruriyatlari haqida” va boshqalar.
A bu Ali ibn SINO
(980-1037)
“Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino 980 yilda Buxoroning Afsona, hozirgi isfana qishlog'ida tug'ilgan. U yoshligidanoq o'tkir zehni va ilmga qiziqishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo'lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug'ullangan. 10 yoshida qur'onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo'lgan. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma'lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari etib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga,
tasi musiqaga, o'ndan ortig'i astronomiyaga oid asarlardir va hok.Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etadigan, tibbiyot tarixida eng mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi. Bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan.
M atematika sohasida Ibn Sino yunon matematigi Yevklid (miloddan avvalgi
asr) ning “Negizlar” kitobini qayta ishlab, unga sharh va to'ldirishlar kiritdi, geometrik o'lchamlarga arifmetik terminologiya qo'lladi, “son” tushunchasi doirasini “natural son” dan ancha kengaytirdi.
Mirzo Ulug’bek (22.03.1394 - 27.10.1449)
Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulk va bobosi Temur shug‘ullanadilar. Ulug‘bekka shoir Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik vasiylik va murabbiylik qiladi. Amir Temur sevimli nevarasini safarlarda, yurishlarda ham birga olib yurgan. Temur vafotidan so‘ng 15 yashar Ulug‘bek Samarqand hokimi bo‘ladi. Poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson davlatini o‘zi boshqaradi.
Manbalarga qaraganda, Gipparxdan Ulug‘bekka qadar 50 ga yaqin yulduzlar jadvali tuzilgan. Ammo Ulug‘bek astronomik maktabida tuzilgan yulduzlar jadvali aniqligi va ishonchliligi bilan Gipparx va boshqa jadvallardan ustundir. Shu bois «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» Ulug‘bek rahbarligidagi astronomik maktabning qo‘lga kiritgan eng muhim yutug‘i, jahon astronomiya fani tarixidagi bebaho ilmiy asardir.
Mazkur asar to‘rt kitobdan iborat bo‘lib, unda turli xalqlarda mavjud bo‘lgan taqvim, davriy-hayvonlar nomi bilan atalgan taqvim, kunlar, bayramlar, taqvim o‘lchovlarining handasaviy tahlili, sayyora va yulduzlar holati hamda harakatlari haqida so‘z boradi. Asarda 1018 yulduzning holati Samarqand kengligi asosida yoritiladi; shaharlarning koordinatlari, yilning uzunligi muddati aniqlanadi.
O‘sha zamonda Ulug‘bek boshchiligida rasadxonada olib borilgan kuzatishlarning hisoblash natijalari hozirgi ilmiy tahlillardan uncha farq qilmaydi.Masalan, ekleptika tekisligining ekvatorga og‘ganligini Ulug‘bek 23h 30m 15s deb topgan bo‘lsa, hozirgi texnika rivojlangan davrdagi hisoblash ko‘rsatkichi 23h 30m 47sdir. O‘rtadagi tafovut 32 sekundni tashkil qiladi, xolos. O‘sha davrda yulduz yili 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund deb hisoblangan, bugunga kelib esa 365 kun
soat 9 minut 6 sekund ekanligi fanga ma’lum. O‘rtadagi farq 1 minutu 2 sekundni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |