Таълим вазирлиги қарши давлат университети


Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar



Download 2,07 Mb.
bet85/111
Sana09.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#760682
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
Bog'liq
sotsial psixologya

Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarni qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdir.
Kurs ishi mavzulari mustaqil ta’lim jarayoniga bog‘liq holda tayyorlanib, ular talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi zarur.
Kurs ishining taxminiy mavzulari:


«Sotsial psixologiya» bo‘limi bo‘yicha kurs ishlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Sotsial psixologiyaga kirish.

  2. Sotsial psixologik g‘oyalar shakllanishi tarixi.

  3. Sotsial psixologik tadqiqot metodologik muammolari.

  4. Sotsial psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari.

  5. Sotsial psixologiyada shaxs muammosi.

  6. Sotsial va shaxslararo munosabatlar.

  7. Muloqot psixologiyasi.

  8. Sotsial psixologiyada guruhlar muammosi.

  9. Sotsial-psixologiyada katta guruhlarning o‘rganilishi.

  10. Kichik guruhlar psixologiyasi.

  11. Olomon psixologiyasi.

  12. Guruhlararo munosabatlar.

  13. Sotsial ustanovka.

  14. Liderlik va boshqaruv.

  15. Tatbiqiy sotsial psixologiya.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


SOTSIAL PSIXOLOGIYASI
fanidan


5210200-Psixologiya ta’lim yunalishlari uchun
(4-semistr)

GLOSSARIY


Qarshi ­ 2020


MATNDAGI TUSHUNILISHI QIYIN BO‘LGAN SO‘ZLAR LUG‘ATI
(GLOSSARIY)

Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.


Sotsiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan fan.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Muomala – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Boshqaruv – shaxs va jamiyat munosabatlarida ijtimoiy, individual munosabatlarni o‘rnatish ga qaratilgan jarayon.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi.
So‘rov – asosiy metodlardan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
Anketa – metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi.
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzatslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.
Test – sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish jarayoni.
Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo‘lgan shaxsning o‘zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Shakllar – bevosita va bavosita tur bo‘lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko‘zda tutiladi.
Verbal – og‘zaki ifodalangan nutq.
Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo‘naltirilishi.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda biror ma’lumotning yetkazilishiga qaratilgan tomoni.
Perseptiv – shaxslararo munosabatlarda biror vaziyatni, xolatni tushunish, xis etishga qaratilgan tomoni.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga ta’sir etishga qaratilgan tomoni bo‘ib, bunda shaxsning ijtimoiy mavqei, roli muhim omil sifatida kuzatiladi.
Gurux – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‘zda tutilishi.
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
Gurux – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‘zda tutilishi.
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
Referent gurux – jamoa yoki guruh orasida o‘z ta’siriga ega shaxs yoki guruxning mavjud bo‘lishi.
Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi.
Uyushganlik - guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik jarayon.
Ijtimoiy ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirligi.
Mobil - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Rigid – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.
Introvert - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.
Ekstrovert – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Dominant – boshqalar bilan muomala va munosabat o‘rnatishda o‘z fikrini o‘tkazish xislatining yorqin namoyon bo‘lishi.
Tobe – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko‘nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog‘liqlik, fikriga bo‘ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
Psixologik maslahat - shaxsning turli darajadagi o‘z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
Ta’lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta’lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste’dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiyaning shunday sohasiki, bunda psixik va jamiyat taraqqiyoti konunlari shaxs xulq-atvorida aks etishi o‘rganiladi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo‘lgan xolatning bashorat qilinishi.
Avtoritar – ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining faqat o‘z fikri va qarashlariga suyanishi va amal qilishi.
Demokratik - ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining jamoa fikri va qarashlarini ham inobtga olishi.
Liberal - ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining befarqlik munosabatlarini namoyon etishi.
Raxbarlik – boshqaruvda rasman vakolatlarning shaxsga berilganligi.
Liderlik – jamoa orasida turli vaziyatlar ta’sirida yuzaga keladigan rahbarlik, lekin bu rahbarda rasmiy vakolat tizimi mavjud emas.


Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish