Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Muomalaning o‘zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatidan tashqarida uning perseptiv jihati — munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o‘zaro idrok yetishi yuzaga chiqadi. O‘zaro birgalikda harakat qila boshlaydigan odamlar o‘z rohamjihatlik darajasini baholab oladigan va muomalaga kirishgan sheriginiig kimligi haqida o‘ziga hisob beradigan bo‘lsagina muomala yuz berishi mumkin. Muomala ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini tiklashga (asli holida aks ettirishga), his-tuyg‘ularini xulq-atvorining sabablarini, ahamiyatga molik obyektlarga nisbatan munosabatini faxmlab yetishga harakat qiladi. «Muomala chog‘ida siz eng avvalo kishdagi qalbni, uning ichki dunyosini izlang»,— deb yozgan edi K.S. Stanislavskiy.
Lekin boshqa kishining ichki dunyosini bunday tarzda qayta tiklash juda ham murakkab vazifadir. Subyektga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori xatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va u ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muomalaga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, o‘y-fikrlari, niyatlari va shu kabilar haqida xulosa hila olish uchun muayyan ishni bajarishiga tug‘ri keladi. Taniqli sovet psixologi S. L. Rubinshteyn shunday deb yozgan yedi; «Kundalik hayotda, odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini go‘yo «o‘qib», ya’ni «mag‘zini chaqib» chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday «o‘qish» naridan-bern tez yuz beradi, chunki tevarak-atrofdagilar bilan muomala jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’li-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi». Alohida bir xatti-harakat o‘zicha uning zamiridagi ichki psixologik jihat bilan uzil- kesil bog‘liq emas va bu hol shaxslararo idrokni psixologik vazifaning bajarilishiga aylantiradi. Muomalaning perseptiv jihat — bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanish demakdir. Individ boshqa odamlarni o‘rganarkan, ular bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish istihbollarini yaxshiroq va yanada ishonarliroq aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kelishib olingan harakatlarning muvaffaqiyatliligi ular ichki dunyosining aniq-ravshan «o‘qib chiqilganligi»ga bog‘liqdir.
Muomala jarayoniga kam deganda ikki kishi jalb etilgan buladi. Ularning har biri boshqasining tashqaridan seziladigan fe’l-atvor belgilariga qarab uning o‘zi to‘g‘risidagi, uning ichki dunyosi to‘g‘risidagi tasavvurni qay tariqa hosil qila oladi? O‘zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muhim mexanizmning ta’sirini — identifikatsiyalash (aynan o‘xshatish), refleksiya (fikrni tahlil etishga moyillik) va stereotiplashtirish (bir xil qolipga solish)ni yalohida ko‘rsatish mumkin.
Idenfikatsiyalash — bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subyektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida taxmin qiladilar. Avgust oyi kunlardan birida institut qoshida g‘oyat hayajonlangan holda darslikni varaqlashayotgan ikkita qizni uchratib holgan student o‘zining abituriyent sifatida institut eshiklari oldida imtihonga kirishga taklif xilishlarini kutib turgan paytlarini eslab, bir zumdayoq ushbu qizlarning ruhiy holatini xayolan o‘z boshidan kechira boshlaydi.
Ammo subyektga munosabat boshqa kishini faqat undan o‘zini chetlashtirgan holda, tashqaridan turib tushunishi emas, balki o‘zi bilan muomalaga kirishgan individning uni qanday qabul qilishi, uning o‘zini qay tarzda idrok etishi va tushu-nishi ham muhim ahamiyatga egadir. Subyektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetishi refleksiya deb ataladi. Refleksiya boshqa kishini idrok etish tarkibiga kiradi. Boshqa odamni idrok etish, jumladan idrok etish subyekti sifatida o‘ziga nisbatan uning munosabatini anglab yetish degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, kishining kishi tomonidan idrok eti-lishini ko‘zgudagi qo‘shaloq aksga o‘xshatish mumkin. Kishi boshqa birovni aks ettirarkan, o‘sha kishining idrok etish ko‘zgusida o‘zini ham aks ettiradi. Muomala jarayonida identifikatsiyalash va refleksiya birgalikda yuz beradi.
Agar har bir kishi o‘zi munosabatga kirishgan odamlar to‘g‘risida doimo to‘liq, ilmiy asoslangan axborotga ega bo‘lganida bormi, ular bilan bo‘ladigan o‘zaro harakat taktikasini bexato va aniq ishlab chiqishi mumkin bo‘lardi. Lekin subyekt kundalik hayotda, odatda bunaqa aniq axborotga ega bo‘lavermaydi, bu esa uni ularning qilgan ishlari va hatti-harakalarining sabablarini boshqalarga to‘nkashga majbur qiladi. Boshqa kishning hatti-harakatlari sababini his-tuyg‘ulari niyatlarni, o‘y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to‘nkasi yo‘li bilan tushuntirish, k a u z a l a a t r i b u s i ya (latincha sauza — sabab va atributio — qo‘shib qo‘yaman, in’om etaman degan so‘zlardan olingan), ya’ni sababiy belgilar yoki sababiy izohlash deb ataladi. Pedagogning bolaning hatti-xarakatlarini sababiy jihatdan noto‘g‘ri izohlashi maktabda ko‘ngildagidek pedagogik munosabat o‘rnatilishini qiyinlashtirib, ba’zan esa umuman yo‘qqa chiqarib qo‘yadi. N. K. Krupskaya shunday deb yozgan edi: «Bolalarning hatti- harakatlariga yomon sabablarni qo‘shib qo‘yishidan ham kattaroq jinoyat yo‘qdir». Kauzal atributsiya ko‘pincha avglanilmagan holda — yo boshqa kishiga o‘xshatish negizida, ya’ni subyektning o‘zi xuddi shunday vaziyatda u payqashi mumkin deb hisoblaydigan motivlar yoki his-tuyg‘ularning boshqa birovga xosligi ta’kidlangan paytda, yo muomalaga kirishgan sherikni o‘zlariga nisbatan ba’zi bir qolipdagi tasavvurlar hosil bo‘ladigan shaxslarning muayyan toifasiga kiritish yo‘li bilan yuz beradi.
Stereotiplashtirish — xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan, ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritash, yo‘li bilan ularning sabablarini (ba’zan hech qanaqa asossiz) izohlashdan iboratdir. Bu o‘rinda kishining shakllangan va andoza (shtamp) sifatida qo‘llaniladigan timsoli qolip tarzida xizmat qiladi. Stereotiplashtirish shaxs-lararo idrok subyektining kitoblardan, kinofilmlardan va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar, tanishlarning aytganlaridan eslab qolingan fikrlar ham qo‘shilgan tarzdagi shaxsiy tajribasini umumlashtirish natijasi sifatida tarkib topishi mumkin. Buning ustiga bu bilimlar faqat shubhali bo‘libgina qolmay, balki umuman noto‘g‘ri bo‘lishi, to‘g‘ri xulosalar bilan bir qatorda haddan ziyod noto‘g‘ri xulosalar qilinishi ham mumkin. Shu bilan birga ana shu negizda tarkib topgan shaxslararo idrok etish qoliplari nuqul boshqa odamlarni tushunib yetishning go‘yo ishonchli namunalari sifatida qo‘llanib keladi.
Jumladan, A. A. Bodalev tomonidan o‘tkazilgan so‘rov kishining tashqi ko‘rinishi bilan uning xarakteriga xos belgilari bir xilligi haqidagi juda ham noto‘g‘ri stereotip tasavvurlarning keng tarqalganligini ko‘rsatdi. So‘ralgan 72 kishidan 9 tasi iyagi kvadrat shaklidagi odamlarning irodasi kuchli bo‘ladi, deb aytgan, 17 kishi keng peshanali odam aqlli bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Uchtasi dag‘al sochli odamlarni tabiatan bo‘yni egmaydigan bo‘lishadi, deb taxmin qilgan. Beshtasi bo‘yi o‘rta bo‘ylikdan past odamlar hamisha hukmini o‘tkazishga urinishi bilan, serg‘ayratligi bilan, hammaga buyruq qilish istagi bilan ajralib turadi, deynshgan. Beshta odam chiroyli kishilar yo ahmoq, yo o‘ziga bino qo‘yg‘an bo‘lishadi, degan fikrdadir. Ikkitasi yesa agar odamning lablari yupqa va bo‘zargan bo‘lsa, u munofiq va ichi qora bo‘ladi, deb ta’kidlashdi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, ana shu barcha qoliplar shaxslararo idrok jarayoniga kiritilgan holda odamlarni noto‘g‘ri tarzda bilishga va ular bilan muomala jarayonining jiddiy buzilishiga olib keldi.
Amerikalik irqchilar tomonidan negrlarning shahvoniy jihatdan tajovuzkor, makkor, karomat qilib bo‘lmaydigan va hokazo fe’li-atvorga ega deb an’anaviy tarzda talqin etilishi sababiy belgilar (kauzal atributsiya)ning mexanizmi sifatida bir xil qolipga solish bilan bog‘liqdir. Mazkur holatda stereotiplashtirish oldindan paydo bo‘ladigan fikr tarzida ro‘y beradi: etnik jihatdan bu xilda oldindan paydo bo‘ladigan fikrlar keng tarqalgan va bevosita burjua jamiyatiga xos narsa hisoblanadi.
Kauzal atributsiyaning xususiyati psixologiya tomonidan yaxshi o‘rganilgan turli xildagi shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, notanish kishini idrok etish chog‘ida, jumladan, idrok subyekti ega bo‘lgan ilk axborot katta rol o‘ynaydi.
L. A. Bodalev o‘tkazgan tajribalarida ikki guruhdagi studentlarga bitta odamning fotosurati ko‘rsatilgan. Birinchi holda tajriba o‘tkazuvchi uni taniqli olim sifatida, ikkinchi holda esa jinoyatchi sifatida ta’riflagan. Uni tashqi qiyefasiga qarab ta’riflash tavsiya qilingan. Sinab kurilayotganlarning biriichi guruhi («taniqli olim» axboroti varianti) suratda tasvirlangan kishini jonini fido qilib ishlaydigan, mehribon, sozgir, aqlli odam deb ta’riflaydi. Ikkinchi guruhdagilar («jinoyatchi» varianti) ko‘z oldilarida berahm, hech narsadan tap tortmaydigan va makkor kishining portreti turibdi, deb ta’kidlashdi. Portretdagi yolg‘izgina bir detalning — ko‘zning o‘zi bir holda mehribon va dono deb izohlansa, boshka bir holda yovuz va raxm-shafqatsiz deb izohlandi. Ehtimol, olingan axborot idrok etish jarayonini kishi qiyofasiga beriladigan bahoni olim yoki jinoyatchi obrazi qoliplariga moslagan holda qat’iy yo‘naltirib qo‘ygan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatni yuzaga keltiradigan qoliplar pedagogik munosabatda o‘qituvchining subyektivizmiga aylanib qoladi.
Amerikalik psixologlar quyidagicha tajriba o‘tkazib ko‘rgay edilar. Tajribali ekspert o‘qituvchilardan katta bir guruhga (ular 400 kishi edi) studentlarning kseroda nusxalangan shaxsiy delolari (anketalari, tarjimai hollari, fotosuratlari, yozma ishlaridan namunalar va boshqalar) tarkatildi. Har bir ekspert studentning shaxsiy delosini o‘rgangach, studentni muayyan sxema bo‘yicha har tomonlama ta’riflashi lozim edi. Barcha studentlarga xarakteristika olingandan keyin tekshirish materialini ikkita guruhga ajratish mumkinligi ayon bo‘ldi. Bir gurugh ekspertlar umuman ijobiy baholanishi lozim bo‘lgan studentlarga, boshqa bir guruhi salbiy baholanishi lozim bo‘lgan studentlarga ta’rif berishdi. Shunisi ham borki, ayrim ekspertlar bir xil toifaga, ya’ni yo faqat ijobiy, yo salbiy deb ajratish mumkin bo‘lmagan javob berishdi.
Tajribadan kutilgan g‘oya nimadan iborat edi? Haqiqatda 400 eksperning barchasi kseroda nusxalangan b i r xildagi shaxsiy delolarin olishgan edi. Farq qiadidigan tomoni shunda ediki, shaksiy delolardan 200 tasida yoqimtoygina, jiddiy va o‘ychan yigitchaning fotosurati, qolgan 200 tasida esa xuddi shu yoshdagi oliftaroq, biroz yoqimsizroq yigitchaning foto surati ilova qilingan edi. Birinchi xil fotosuratlar ijobiy ta’riflashga turtki bergan bo‘lsa, ikkinchi xili salbiy ta’riflashga sabab bo‘lgan, Shunday qilib, ekspertlar ko‘plab obyektiv ma’lumotlarga ega bo‘lsalar ham, fotosurat «o‘z ishini ko‘rsatdi». Hech kim ekspertlardan studentning tashqi ko‘rinishiga baho berishni so‘ramagan edi, lekin, ma’lum buldiki aynan ana shu tashqi ko‘rinish ahamiyatliroq bo‘lib chiqdi va ekspertizaning natijalarida farqlarni keltirib chiqardi. Afsuski, pedagogik ishda baholashning subyektivliligi ko‘pincha kishining tashqi ko‘rinishiga beriladigan baho bilan bog‘liqdir.
Pedagogning idrok etish obyekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti yanglish fikr va subyektivizmning tarkib topish uchun jiddiy asos hisoblanada. 60-yillarning oxirida amerikalik psixologlar Rozental va Djekobson yanglish fikr tarkib topishining yuqorida ko‘rsatilgan omili qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratilgan psixologik tajriba o‘tkazishgan edi.
Ma’lumki, G‘arbda bnr qator o‘quv yurtlarida tekstga (o‘lchovga) ko‘ra o‘rganish qo‘llanilib kelmoqda, ya’ni aqliy iste’dod darajasini maxsus testlar (IQ — iste’dod koeffitsiyenti) yordamida aniqlashga urinib ko‘rilmoqda. Mazkur test o‘qishga kiruvchilarning keyinchalik turli o‘quv gruppalariga ajratib yuborilgan ikkita kontingentida o‘tkazildi. O‘tkazilayotgan testning natijalari haqida studentlarning o‘zlari xabardor qilinmagan edi, lekin tajriba o‘tkazayotganlar o‘qituvchilarni bundan xabardor qilib, misol uchun ularga Smitning iste’dodliligi koeffitsenti juda past, Djonsniki esa yuqori ekanligini aytib turishdi. Har bir gruppada testga ko‘ra baholangan studentlardan 2-3 ta bor edi. Ayni paytda o‘qituvchilar tajriba o‘tkazuvchilarday jo‘rttaga soxta ma’lumotlarni olishdi, negaki, testga ko‘ra baholanayotganlar aqliy iste’dodi koeffitsiyenti yuksak yoki past deb tasodifan (ro‘yxatda birinchi turgani «iste’dodli» deb, ikkinchisi — «layoqatsiz» deb, uchinchisi —«iste’dodsiz», to‘rtinchisi —«layoqatsiz» va hokazo tarzida) aytilgan edi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin tajriba o‘tkazuvchilar testga ko‘ra baholangan shaxslarning o‘qishda erishgan yutuqlari bilan tanishishdi. Go‘yo yuksak IQ koeffitsiyentiga ega bo‘lgan studentlar asosan yaxsha o‘qishardi, ulardan o‘qituvchilari ham mamnun edi va ular to‘g‘risida yaxshi fikrlar bildirishdi. Kimki IQ koeffitsiyenti pastga «kiritilgan» bo‘lsa, ular o‘ta nochor ahvolda edi — ayrimlari o‘qishni tashlab ketgan, boshqalari juda qiynalib o‘qishardi. Garchi bu o‘rinda istisnolar bo‘lsa ham, lekin allaqanday qonuniyat mavjudligi sezilib turardi. Kishilar taqdiri uchun alamsiz bo‘lmagan bu tajribaning natijalari nimalardan dalolat beradi? O‘qituvchilar qarshisida iste’dodli kishi o‘tirganini «bilgan holda» bu kishi iste’dod sohibi sifatida o‘zini namoyon qilishi uchun mumkin bo‘lgan barcha imkonkyatni ishga solishdi va boshqasining «iste’dodsiz» ekanligini «bilgan holda» unisi bilan «ovora» bo‘lishni istashmadi, unga iltifot qilishmadi va bu uning ahvoliga hamda o‘qishiga ta’sir etmasdan qolmadi. Pedagoglarda oldindan olingan exborotga binoan studentga ma’lum bir nuqtai nazardan qarashga tayyorlik shakllandi va ular bu fikrni tasdiqlash uchun barcha ishlarni qilishdi.
Shu munosabat bilan bir savol tug‘iladi: o‘quvchining yaxshi o‘qimasligiki unga atayin o‘zlashtirmovchi sifatida, yo ozoda kiyinmagan, yo gapga quloq solmaydigan deb munosabatda bo‘lish yevaziga ba’zan pedagoglarning o‘zlari keltirib chiqarishmaydimi? G‘arazgo‘ylik yuz beradi, subyektivizm namoyon bo‘ladi, keyinchalik esa bunday pozitsiyaning to‘g‘riligini isbotlash uchun muayyan ishlar qilinadi.
Idrok etish subyekti ijobiy munosabatda bo‘lgan shaxslarga ijobiy, xush ko‘rmaydigan shaxslarga salbiy nisbat berilishi kauzal atributsiyaga xos tipik hollardan biri hisoblanadi. Masalan, tajriba sharoitlarida pedagoglar o‘zlariga notanish bolalarga o‘quv topshiriqlarini bajarganliklari uchun qo‘ygan baholar qayd etib borildi. Bolalarning qaysi birlari ularga ancha yoqimli, qaysi birlari kamroq yoqqanday bo‘lganligi oldindan aniqlab qo‘yildi. «Yoqimli» bolalar (tajriba o‘tkazuvchi bilan kelishilganiga ko‘ra) «yoqimsizroq» lariga qaraganda hatto ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yganlarida ham birinchilari yuqoriroq baholangani va ularga ijobiy fazilatlar xosligi qayd qilingani, ayni chog‘da «yoqimsizroqlariga» salbiy xislatlar berilgani ma’lum bo‘ldi. Tajribada aniqlangan bunday bog‘liqlik oreol effekti (samarasi) nomi bilan yuritiladi.
Oreol effektining mohiyati shundan iboratki, kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot subyektning idrok etish chog‘ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo‘ladi: shu bilan birga umumiy nomaqbul taassurot tegishlicha salbiy baholarga olib keladi. Orel yeffekti ko‘pincha idrok obyekti idrok etilayotgan narsa haqida juda kam axborotga ega bo‘lgan paytda namoyon bo‘ladi. Lekin bu effekt tanish kishini idrok etish chog‘ida ham, lekin unga nisbatan yorqin namoyon bo‘ladigan hissiy munosabat bildirilgan sharoitlarda yuz beradi. Shunday qilib, ayrim o‘qituvchilar tomonidan sinfda pedagogika nuqtai nazaridan nomaqbul hisoblangan «erkatoylar»ning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishi o‘quvchilarning baholarini ko‘ra-bila turib subyektiv tarzda soxtalashtirishga va ularning shaxsiyatiga oid fazilatlarning noto‘g‘ri idrok etilishiga olib keladi.
Shaxslararo idrokning ijtimoiy qimmatga molik birgalikdagi faoliyat jarayoniga qo‘shib borilishi uning xarakterini o‘zgartiradi, uni kauzal atributsiyaga aynan o‘xshash qilib qo‘yadi, oreol effektining salbiy ta’sirini bartaraf etadi. Haqiqiy kollektivda kishining kishi tomonidan tushunib yetilishi aynan ana shunday xarakterda bo‘ladi.
Demak, Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib,o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarning bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A.Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarini kuzatgan. Bunday mexanizmlarga identifikatsiya, refleksiya va stereotipizatsiyalar kiradi. Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to‘g‘riroq idrok qilish uchun o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yib qo‘yishga harakat qiladilar. YA’ni, o‘zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |