Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Фойдаланилган адабиётлар 
1. 
Выготский Л. С. Игра и ее роль в психическом развитии ребенка// 
Вопросы психологии. 1966. №6.С.6-9. 
2. 
Лисина М.И. Формирование личности ребенка в общении 
Питер.-2009.-320 с. 
3. 
Maxсудова M. Muloqot psixologiyasi. 0 ‘quv qo'llanma. - Т.: “Turon-
Iqbol” nashriyoti, 2006.-119 b.
 
 
MAXSUS MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARIDA 
MEHNAT KO‘NIKMALARINI ShAKLLANTIRISH
 Lola 
Ibragimova 
Sayfitdinovna 

"Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim" kafedrasi katta 
o‘qituvchisi 
Yoqutxon Abdumutalibova Ikromjon qizi -TDPU 
4-bosqich talabasi 
Maxsus maktabgacha talim muassasalrida bolalarni mehnatga jalb qilish, 
ilk yoshdan boshlanib, o‘sib kelayotgan avlodni axloqiy va aqliy kamol 
topishida muhim o‘rin egallaydi.
Maxsus 
maktabgacha 
talim 
muassasalarida mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi bolalarda mehnatga to‘g‘ri 
munosabatni tarkib toptirishdan iborat[1]. Bolalarda mehnatsevarlikni 
shakllantira borib, ularni oldilariga maqsad qo‘yishga, maqsadga erishish 
yo‘llarini qidirib topishga, maqsaddan tegishli natija olishga o‘rgatiladi, va 
bunda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnati faoliyati xususiyatlari 
hisobga olinadi. Maxsus maktabgacha talim muassasalarida mehnat faoliyati 
hamma vaqt intilishni bolalarni maqsadga muvofiq yo‘nalishni nazarda tutadi. 
Mehnat malum jismoniy va aqliy kuch sarf qilishni talab qiladi[2]. Bolalarni 
mehnatga qiziqtirish ruhida tarbiyalashda ularni mehnatning natijalarini 
solishtirish tarbiyachidan katta mahorat talab qiladi. Bunda bolalar mehnatning 
yaxshi va yomon sifatlarni bilib oladilar. Mehnatning oxirida natijalarini 
yakunlash bolalarga muayyan tarzda tasir etadi. Masalan tarbiyachilar: “Bolalar 
qaranglar-chi, biz o‘yinchoqlarni qanday toza yuvdik, hammamiz birgalikda, 
inoq ishladik, hamma ishni tez tugatdik” deb bolalarga aytadi. Bolalar mehnat 
qilishlarida ular o‘rtasidagi munosabatga talim-tarbiya nazaridan qaralganda, 
axloqning ijtimoiy normalarini faol tarbiyalash, bolalarda guruh fikri bilan 
kelishishni shakllantirish, bolalar mehnatlaridagi kamchilik va yutuqlarga 
muntazam etibor bilan qarash, tarbiyachi tomonidan mehnatning natijasi 
baholanadi. Bunda bolalarda o‘rtoqlarini mehnat faoliyatiga nisbatan qilingan 
ishlarining natijalarini to‘g‘ri baholay olish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. 
Bolalarning o‘yin jarayonida bajaradigan harakatlarining ko‘pchiligi kattalar 
mehnat jarayoniga: ovqat pishirish, idish tovoqlarni yuvish, uyni yig‘ishtirish, 
kir yuvishni tasvirlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu o‘yin orqali kattalar 
mehnatiga taqlid qilish istagi asosida ifodalanadi. O‘yinda bolalar maxsus 


166 
yaratilgan o‘yin sharoitida kattalarning o‘yin faoliyatini, ularni o‘rtasiddagi 
munosabatlarni ifoda etadilar[3]. Bunday o‘yinlar orqali bolalarda quvonish, 
qoniqish xissi uyg‘onadi. Tarbiyachi kattalar mehnati bilan tanishtiruvchi 
o‘yinlar orqali bolalar o‘yiniga rahbarlik qiladi va kerak bo‘lsa, unda o‘zi 
ishtirok etadi. Maxsus maktabgacha talim muassasasining kichik yoshdagi 
bolalar bilan ishlashda mehnat tarbiyasi o‘ziga xos ravishda olib boriladi. Bu 
yosh guruhida o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakasini egallab borib, bolalar ko‘proq 
mustaqillikni, kattalarga kamroq tobe bo‘lishni xis qila boshlaydilar. Kichik 
guruhda bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qilishni ancha qiyin kechadi. Bunday 
paytlarda ularga o‘yinchoqlardan foydalanib: “Bolalarning qanchalik toza 
yuvinayotganliklarini, 
kiyimlarini 
stul 
suyanchig‘iga 
chiroyli 
qilib 
ilayotganlarini ayiqcha tomosha qilib turganini” tarbiyachi bolalarga aytib 
o‘tadi. Kichik guruh bolalar mehnati o‘yini o‘rtasidagi bog‘liqlikning ularning 
o‘yin uchun zarur ishlarni bajarishlari jarayonida kuzatish mumkin. Maxsus 
maktabgacha talim muassasalarining o‘rta yoshdagi bolalarda mustaqil mehnat 
faoliyati, bazi xollarda mehnat mazmuni ularni o‘yin faoliyatida olib kelsa-da, 
uncha aniq namoyon bo‘lmaydi, buni ayniqsa maishiiy harakterdagi o‘yinlarda 
ko‘pincha kuzatish mumkin. Bayramga tayyorlanayotib bolalar qo‘g‘irchoq 
xo‘jaligini tartibga keltiradilar, qo‘g‘irchoq ko‘ylagining yuvib dazmollaydilar, 
qo‘g‘irchoq ko‘ylagining uzilgan tugmasini adaydilar. Bu yoshdagi bolalar 
o‘yinda mehnat jarayonlari epizodli harakter kasb etadi, bu bolalarni shaxsiy 
tashabbusi bilan yuzaga keladi, tarbiyachi ularni qo‘llab quvvatlaydi[4]. 
Bolalarda xali asbob bilan ishlash malakasi shakllanmagan va mehnat 
jarayonining harakteri bolalarga xali tanish bo‘lmagan asbobdan foydalanishga 
aniq ko‘rsatma berilmagan xollarda mehnat faoliyati emas balki o‘yin ustunlik 
qiladi. Asboblar: bolg‘a, qaychi, mo‘yqalam, qog‘oz, yog‘och, karton bilan 
ishlashning amaliy usullarini egallamagan bolalar jihozlarni olgach odatda o‘z 
faolliklariga ko‘ra harakat qilishga intiladilar. Bu harakatlar o‘z mazmuniga 
ko‘ra o‘yinda: kichkintoylar stol ustiga narsalarni terib chiqadilar, so‘ngra ularni 
stol ustida yumalatadilar. Bu xolatlar tabiiydir. Mehnat qurollari asboblarining 
xossasining sifatini bilish uchun bolalar mehnat asboblaridan o‘yinchoq sifatida 
foydalanadilar. Bolalarning mehnat faoliyatiga o‘yin orqali tushuntirish 
tarbiyachidan katta mahorat talab qiladi. O‘yin bilan mehnat o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlikni mehnatga qiziqishni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omil sifatida 
qaraladi. Bolalarda mehnatga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash jarayonida hilma-
xil uslublardan foydalaniladi: mehnat topshiriqlarini bajarishdagi intilishlarini 
rahbatlantirish, tirishqoq, tashabbuskor bolaningni jamoaga bo‘lgan etiborini 
qaratadi. O‘yin orqali kichik, o‘rta yosh guruhlaridan tashqari katta va maktabga 
tayyorlov guruhida ham bolalarni mehnatini o‘yin orqali davom ettiriladi. Katta 
va maktabgacha tayyorlov guruhlarida bolalarga badiiy adabiyotlar, kattalrning 
xikoyalari, televidiniya va radio eshittirishlar tasirida ham kengaytirib boriladi. 
O‘yin mazmuni orqali bolalarning asosan turli manbalardan olgan tassurotlarini 
belgilasa, o‘yin harakatlari hilma-xil o‘yinchoqlarning, yasama o‘yinchoqlarning 
moslamalarining mavjudligi tufayli yuzaga keladi, o‘yinga yangiliklar kiritiladi. 
Bolalarga guruh xonalarini yig‘ishtirish, stollarni mashg‘ulotlarga tayyorlash, 


167 
tabiatdagi mehnat faoliyatlari: jo‘yaklarni chopish, piyoz ekish, ko‘chat 
o‘tkazish, urug‘ sepish, sug‘orish kabi ishlarni bolalarga mashg‘ulotlar asosida 
o‘rgatiladi. Bu mashg‘ulotlarda ko‘chatlar uchun yashiklar, qushlar uchun inlar 
tayyorlanadi, o‘yinchoqlar, kitoblar tamirlanadi. Bolalarda mehnat tarbiyasi 
orqali ona yurtimizni gullab yashnashi uchun o‘z mehnatlari orqali xissa 
qo‘shishlarini bolalar asta-sekinlik bilan tushunib boradilar. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish