Ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
bet93/102
Sana06.03.2021
Hajmi0,73 Mb.
#60986
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   102
Bog'liq
Falsafa 2

McnaM KapuMoe. y36eKMCTOH XXI acp 6ycaracuga: xaB$CM3.nMKKa Tafygug,, 6ap-Kapop.nMK wapT^apu Ba Tapa^ ueT Ka^o^aT^apu. —T.: «y36eKMCTOH», 1997, 4-6eT.


324





Ikkinchidan, "inson va jamiyat" o’rtasidagi munosabat bilan bog’liq muammolar bo’lib, bularga ilmiy-texnika tarakqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aqoli ko’payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi — "demografik portlash", kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o’zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi, shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.

Uchinchidan, "inson — tabiat" munosabatlarida xom ashyo resurslarini tejash, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ularni hal qilishda esa ijtimoiy omillaming o’rnini va ahamiyatini tug’ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.

Xozirgi kunda ham ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish kerakligini hayotning o’zi taqozo etmoqda. Bu esa, o’z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Insoniyat kelajagi to’g’risida tarixda turli-tuman bashoratlar mavjud bo’lib, ulardan birinchisi, muqaddas "Avesto" yozma yodgorligida yozib koldirilgan. Undagi bashoratlar diniy mazmunga asoslangan bo’lib, o’z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan. ("Avesto"da Zardo’sht o’limidan so’ng 3000 yil o’tgandan keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati Axriman yovuzligi ustidan to’la g’alaba qozonadi, deya ishonch bildirilgan)

Ikkinchi xil bashoratlar o’rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda ham G’arb faturologiyasida mavjud. Uning mashhur namoyandalaridan Fon Karman, Ye.Shervin, G.Kan va boshqalar insoniyatning kelgusi istiqbolini, asosan, yadro halokati yoki boshqa bir umumbashariy muammolar bilan bog’lab pessimistik manzaralarni chizib ko’rsatishga o’rinadilar.

insoniyatning kelgusi istiqboli to’g’risida jiddiy ilmiy bashoratlar orasida 1968 yilda A. Pechchei tomonidan asos solingan "Rim klubi" a’zolari bo’lgan J. Forrester, D. Medouz, Ya. Tinbergan, A.King va boshqalar tayyorlagan hisobotlarning ilmiy ahamiyati nihoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi istiqbolini shubha ostida qoldirayotgan umumbashariy muammolar ko’lamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga kilinayotgan zug^umning mudhish oqibatlari qanday bo’lishi to’g’risida jiddiy mulohazalar yuritiladi. "Rim klubi" a’zolari tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo’lib, unda asosan tajriba sinovidan o’tgan bilimlar va mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to’g’risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan.


325





Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgilashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimi umuminsoniy mushtarak manfaatlar yo’lida hamjihatlikda qilingan sa’y harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan, 1955 yil 31 yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jaqon ilmiy xodimlari federaniyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taklifini qo’llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo’lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Masalaga bo’nday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy adabiyotlarda "yangicha tafakkur uslubi" deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio Kyuri, M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo quyilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955 yil 9 iyul kuni B. Rassel tomonidan o’tkazilgan matbuot konferensiyada "Rassel-Eynshteyn manifesta" nomi bilan shuhrat qozongan, butun yer yuzi aholisiga, siyosat va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon qilingandi. U qozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Manifestda: "Biz yangicha fikr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o’z-o’zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarining harbiy g’alabasini ta’minlash uchun nimalar qilish zarur, deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bo’lishi mumkinligi to’g’risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding, deb so’rashimiz kerak", — degan so’zlar bor edi.

"Rassel-Eynshteyn manifest" chop etilganiga ham mana 45 yil bo’ldi. Bu vaqt mobaynida yadro qurollarini ishlab chiqish va sinab kurish ko’lami bir necha barobar ko’paydi. Ikkinchi jaqon urushidan keyingi o’tgan yarim asr mobaynida qurollanishga 16—18 trln. dollar mablag’ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1 trln. dollar miqdorida mablag’ ajratilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablag’ 3,4—3,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bezgakka qarshi kurash tadbirlari uchun bir yilda 28—30 mln. dollar ajratishini, xalqaro nufuzli tashkilot YuNESKOning bir yillik byudjeta 950—980 mln. dollar miqdorida ekanligini hisobga olsak, masala oydinlashadi.

Harbiy sanoat o’z domiga tabiatning shunday noyob boyliklarini tortayaptiki, bu sarf-harajatlar o’sish sur’atining tezligiga qarab beixtiyor o’z kelajagimiz to’g’risida xomush xayollar og’ushida qolmasdan iloj yo’q. Bu soha faqat tabiiy resurslar bilan cheklanib qolmasdan, balki, o’ta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy

326





faoliyatini ham o’z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texnika taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo’nalishiga asosiy to’siq bo’lib qolmokda. Energiya va yoqilg’i resurslaridan foydalanish muammosi xam juda tashvishlidir. Agar jahon iqtisodiyoti hozirgi sur’atda davom etadigan bo’lsa, u vaqtda sanoat va xalq xo’jaligining energiyaga bo’lgan ehtiyoji uchun yaqin yillar ichida yiliga 20 mlrd. tonna yoqilgi talab qilinadi. Bu ko’rsatkich 2025 yilda 35— 40 mlrd., XXI asr oxiriga borib 80—85 mlrd. tonnani tashkil etishi taxmin etilmoqda.

Vujudga kelayotgan holatdan chiqib ketishning yo’li esa bitta, u ham bo’lsa, yoqilg’ining organik moddalar (neft, ko’mir, gaz va h.k. ) dan olinadigan energiya salmog’ini kamaytirib, noorganik yoqilg’i manbalar (GESlar, AES, shamol elektrostansiyalari, Quyosh energiyasi, vodorod, geliy va h.k.) dan olinadigan energiya miqdorini muttasil oshirib borish lozimdir. Quyosh energiyasi, GES va shamol elek- trostansiyalari 2025 yilda bu ehtiyojning 60%ini qondirishi mumkin.

Insoniyat oldida jaqon iqtisodini o’stirish uchun energiyaga bo’lgan eqtiyojni qondirishdan o’zga chora yo’q. Biroq bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabiiy muhitga ta’sir darajasini kamaytirgan holda energiyani ko’proq ishlab chiqarish masalasi kundalang bo’lib turibdi. Shuning uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini belgilab beradigan eng muhim omillardan biri sifatida jahonshumul ahamiyatga molik muammolar sirasiga kiritilishini hayotning o’zi taqozo etmoqda.

Xom ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi jaxon statistik axborot markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko^mirning 45%, temir rudasining 57%. neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to’g’ri kelar ekan. Ana shunday holatni xom ashyoning boshqa turlari to’g’risida ham gapirish mumkin. Taxlillarga qaraganda, o’tgan asrning 90-yillarida ishlab chiqarilgan xom ashyo miqdori 60—70-yillardagiga qaraganda 1,5—2 barobar ko’paygan.

Bu holat hosildor yerlar va ichimlik suvi, xom ashyo zaxiralarining kamayib ketishi kabi bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Natijada vujudga kelgan ekologik vaziyat inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning taqlillariga ko’ra, jaqon mamlakatlarining har biri o’zi ishlab chiqargan yalpi milliy maxsulotning 3—5% miqdorida mablag’ ajratishi zarur. Demak, har yili o’rta hisob bilan 650—850 mlrd. dollar hajmida mablag’ ajratilishi kerak..

Juda ko’p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tanqisligi yuzaga keldi. Shu mamlakatlarda 42—45% km hajmida sanoatdan chikqan iflos oqova suvlar suv


327





havzalari, ko’l, dengiz, okean suvini o’zining zaharli tarkibi bilan bo’lg’amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyoj dunyo miqyosida o’tgan asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3—2,5 barobar oshdi.

Har yili okeanlarga 12—15 mln. tonnaga yaqin neft va neft mahsulotlari to’kilmoqda, shaharlarning kengayishi, sanoat korxonalarini qurish uchun ming- minglab gektar yer maydonlari ajratib berilmoqda, urmonlar kesilib, yashil yerlar

kamaymoqda. Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli tus

2

olmoqda. Dunyoda qar yili 0,8% tropik o’rmonlar yo’qolib bormoqda, 200 ming km territoriyadagi tropik o’rmonlar kesilib, qayta tiklanmay qolmoqda. Hozirgi paytda yiliga 8,3 mln. gektar yoki minutiga 16 gektar urmon yuqotilmokda.

Davrimizning yana bir muammosi shundaki, inson faoliyati kodamining miqyosi tobora biosferani to’la egallab, endilikda koinotga ham ta’sir eta boshladi.

Xozirgi kunda nihoyatda tez o’sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma’lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2/3 qismi doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer maydonlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil etmoqda. Xolbuki, 1950 yilda bu ko’rsatkich 0,5 ga ni tashkil etgan edi.

Oziq-ovqat zaxiralarining o’sishini yer maydonlarini kengaytirish hisobiga, ekilayotgan maydonlarning xosildorligini oshirish hisobiga ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda xosildorlikni ko’paytirish ustida juda ko’p ishlar qilinib, o’tgan asrning 80- yillari oxirlariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o’sishining 90% hosildorlikni ko’tarish hisobiga to’g’ri keldi. Ammo, bizga ma’lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qilingan qattiq zug’um natijasida erishildi.

Rivojlangan va kam taraqkiy etgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o’rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy texnologiya, ilg’or ishlab chiqarish malakasi va insoniyatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxirasi to’planib, shu bilan birga aholining tabiiy o’sish darajasining pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o’z mamlakati aholisining iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning o’ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda industrlashtirish jarayoni o’tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq tugallanib, eng avval AQSh, keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyotining yanada yuqoriroq bosqichiga o’ta boshladi. Bunda ular ilmiy-texnika yutuqlarini talabga mos va


328



yuqori texnologiyani rivojlantirishga ko’p e’tibor berdi va oqibatda juda katta foyda oldilar.

Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab chiqarilgan maqsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologiya, murakkab mashina va uskunalar bilan o’lchanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator jarayonlardan o’tgan.

Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga orttirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshiga tushadigan salmog’i keskin darajada ko’paydi.

Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug’ilishini chegaralash, ularga sarflanadigan mablag’ni yuqori texnologiyani egallashda zarur bo’lgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko’zda tutildi.

Uchinchidan, ilmiy tadqiqot, oliy o’quv yurtlari va maorifga taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot darajasini belgilovchi eng asosiy omil — ilmiy tafakkur esa jamiyat a^zolarining ma’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, butun jahon miqyosida fan va ta’limga 3-4% yalpi milliy maxsulotning miqdorida mablag’ ajratilayotgan bir paytda, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 8,3% miqdorda ekanligi kelajakka katta umid bilan qarashga imkon tug’diradi.

XX asrning so’nggi o’n yilligida ba’zi mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy ko’rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib bordi. Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladigan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50-70 dollarni tashkil etgan bo’lsa, Afg’onistonda 60-70 dollar, Turkiyada 243 dollar, Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600-3800 dollar bo’lgan. 1994 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy maqsulot jon boshiga Hindistonda 370 dollar, Afg’onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900 dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar, Italiyada 14,8 ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Koreyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bo’lgan.

XX asr o’zining Demografik muammolari bilan xam oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX asrni "demografik portlash" davridir, degan qarashlar ham keng tarqaldi. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yuzida aholining tez sur’atlar bilan ko’payishi bilan bevosita bog’liq ekanligi nazarda tutiladi. "Demografik portlash" tushunchasi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qiska bir davrida, muayyan mintaka yoki



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish