ADABIY oTLAR:
Karimov I.A. Ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amalni ulug’lagan kitob. “Xalq so’zi” gazetasi. 4-noyabr 2001 yil
Karimov I.A. “O’zbekiston XXI-asr bo’sag’asida”. T., 1997. 137-151- betlar
Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida. T., 1998. 378-415-betlar
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin T., 1998.
Karimov I. «O’zbekiston XXI-asrga intilmoqda». T.,1999, 3-18- betlar.
Mustaqillik:izohli ilmiy-omabop lug’at. T., 2006 yil.
Falsafa. Qomusiy lug’at. T., 2004
Falsafa. Qisqacha izohli lug’at. T., 2004
“Avesto”-“Guliston” jurnali, 1999-yil sonlari
Avesto. T., 2001
12.Sulaymonova F. Sharq va G’arb. T., 1999, 1-qism
Ma’naviyat yulduzlari. Markaziy Osiyoliy mashhur siymolar, allomalar, adiblar. T., 1999. 144-150, 154-169, 200-213, 251-256-betlar
Komilov N. Tasavvuf. T., 1996
Temur tuzuklari. T., 1996
Axmedov B. Amir Temur va Sharqning uyg’onish davri. T. 1996
Axmedov A. Ulug’bek. T., 1994
Mo’minov I.M. O’zbekiston ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan. T., Fan, 1994
Falsafa asoslari. T., “O’zbekiston”, 2005, 46-51, 64-92, 105-115-betlar
175
Falsafa. O’quv qo’llanma. T., 1999, 54-125, 134-143- betlar
Falsafa. Ma’ruza matnlari. T. 2000, 59-107, 123-133-betlar
Qadimgi Markaziy Osiyo zaminida dastlabki falsafiy fikrlar mil. avv. VIII- V asrlarda shakllangan. Qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi boy ma’naviy merosga, ijtimoiy qarashlarga, jamiyat to’g’risidagi tasavvurlarga, insonning kelib chiqishi borasidagi fikrlarga ega bo’lgan. Bu xalqlar doimo o’z xalqi ozodligi, erki, farovon turmushi, insonlar baxtli hayoti uchun kurashib kelgan. Masalan, To’maris, Shiroq kabi qahramonlar butun umrini o’z xalqi uchun baxshida etganlar.
Miloddan avvalgi VII- III ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Zardushtiylik dini ijtimoiy hayotning barcha sohalariga keng kirib borgan. Bu davrda Turonda ijtimoiy munosabatlar ancha rivoj topdi. Ayniqsa, bu paytda zardushtiylik va u bilan bog’liq bo’lgan dualistik dunyoqarash keng tarqalgan edi. Zardo’shtiylik faqat din bo’lib qolmay, balki o’sha davr mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy- falsafiy qarashlarning ifodasi sifatida yuzaga keldi. Bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” bo’lib, unda jamiyat va insonlarning kelib chiqishlari to’g’risida fikrlar bildirilgan. Zardo’shtiylik dinining ushbu kitobi 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan. Unda qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yo’llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Unga ko’ra, insonni o’z ichiga olgan koinot yer, okean, osmon, yorug’lik va jannatdan iborat. Avestoda insonning kelib chiqishi qo’yidagicha ifodalangan: birinchi inson Govamard (ho’kiz-odam; forscha Qayumars) hisoblanib, yerdagi barcha insonlar undan tarqalgan. Insonlarning birinchi shohi Yima bo’lib, u hukmronlik qilgan davr oltin davr deb atalgan. Chunki bu davrda o’lim, qarilik, sovuqlik va yovuzlik kabi yomon illatlar jamiyatda yo’q bo’lgan. Yaxshilik xudosi Ahuramazda doimiy bahorni yaratib, insonlar baxli hayot kechirganlar. Oradan 900 yil o’tgach shoh Yima kibri havoga berilib, jamiyatda qattiq ta’qiqlangan sigir go’shtini yeydi. Natijada, yomonlik xudosi Axriman boshliq devlar bosh ko’taradi. Butun dunyoni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan barcha jonzotlar uchun qo’rg’on qurib, hamma jonzotlardan bir juftdan olib qo’rg’onga joylashtiradi va yerda hayotni shu tarzda saqlab qoladi. Shu bilan oltin davr tugab, Hayr va Sharr (yaxshilik va yomonlik) o’rtasidagi kurash davridan iborat ikkinchi davr boshlanadi. Bu ikkala xudo o’rtasida kurash ketadi va Ahuramazda g’alaba qozonadi. So’ngra uchinchi davr insoniyatning kelajak davri boshlanadi. Bu vaqtda barcha insonlarning orzu- umidlari, xohish-istaklari ro’yobga chiqadi, olamda yaxshilik hukmronlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |