157
Beshinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanish inkor va vorislik jarayoni hamdir.
Unda, bir tomondan, o’zbek falsafasida azaldan mavjud bo’lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo’qota olmagan ko’p jihatlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqingacha ustuvor bo’lgan ko’pgina sinfiy-partiyaviy tamoyillar o’tmishga aylanadi, inkor etiladi. Uchinchi tomondan esa, falsafiy tafakkurda yangi yo’nalishlar o’z o’rnini topadi.
Falsafa yangilanish xususiyatlari o’ziga xos namoyon bo’ladi. Dunyoqarashning yangilanishi keng qarovli tushuncha sifatida xilma-xil xususiyat va yo’nalishlarga ega. Avvalo, uning har bir kishiga xos individual ong bilan uzviy aloqadorligi va unga tayanishini alohida ta’kidlash lozim. Bu jihatdan u insonning insoniylik bilan bog’liq xususiyatlarini takomillashtiruvchi kuchini belgilaydi.
Falsafaning yangilanishi va g’oyaviy jarayonlar uzviy bog’liq. Falsafiy dunyoqarash ijtimoiy ongdan ajralmasdir. Mafkura jamiyatdagi ma’naviy muhit qanday ekanini ko’rsatib turadigan eng asosiy mezonlardan biri bo’lsa, falsafa uni shakllantiradigan omillar sirasiga kiradi. Har qanday mafkura jamiyatsiz paydo bo’lmaganidek, ijtimoiy hayotni ham mafkurasiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun istibdod va eski mustabid siyosat tufayli ongimizga singib ketgan mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, ma’suliyatdan qochish kabi asoratlardan xolos bo’lish darkor. Bu asoratlar ham osonlikcha bartaraf etilmaydi. Bunda, avvalo, jamiyatning siyosiy- huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil-inson tafakkuri, ruhiyati, his- tuyg’ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog’liq ravishda, Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni yangi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g’urur-iftixoming yuksalishida juda ulkan o’rin tutadi.
Dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo’nalishlarda namoyon bo’ladi.
Avvalo, bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog’liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining qaror topa borishi, islohatlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg’onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to’g’risidagi g’oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |