Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi magistri Axmadaliyev Murodjonning kalendar ish rejasi asosidagi ilmiy pedagogik ishlari. Magistr Axmadaliyev Murodjon ilmiy pedagogik ishlarida belgilangan “Universitet o‘quv bo‘limi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar bilan tanishish” bandi boʻyicha o‘quv-uslubiy bo‘limi faoliyati bilan tanishib chiqdi. Universitet o‘quv bo‘limi faoliyati bilan tanishish jarayonida o‘quv bo‘limi boshlig‘i Abdulakimov Gofurjon ekanligi aniqlandi.
O‘quv bo‘limi faoliyati bilan tanishib chiqish jarayonida bo‘limni faoliyatini tashkil etishdagi me’yoriy xujjatlar haqida to‘liq ma’lumot bilan tanishib chiqdim. Universitet o‘quv bo‘limi faoliyatiga O‘quv-uslubiy boshqarma faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153-sonli qarori asos hisoblanar ekan.
O‘quv-uslubiy boshqarma o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasarrufida bo‘lib, boshqarma o‘z faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, universitet buyruqlari, shuningdek universitetning ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda boshqarma Nizomiga amal qilishi belgilab qo’yilgan.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagicha etib belgilangan:
Me’yoriy xujjatlar asosida bakalavriat va magistratura uchun ta’lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda tashkil etadi, nazorat qiladi, boshqaradi;
Fakultetlarda o‘quv rejasida aks etgan ta’lim maksadlarini o‘rnatadi;
Zamonaviy talablarga muvofik holda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi;
Zamonaviy baholash usullari, jumladan, yozma ish, og‘zaki usulda yoki testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan alohida ishlash shakllarini aniqlaydi;
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ayni o‘quv yili uchun o‘quv rejalari va o‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
O‘rindosh asosida ishlayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini belgilaydi;
Fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakultet dekanlari e’tiboriga havola etadi va nazoratini qiladi shu hamda boshqa vazifalarni ham qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
O‘quv - metodik boshqarma boshlig‘ining vazifalariga quyidagilar kiradi:
universitet ilmiy, o‘quv-metodik kengashlari, dekanlar majlislarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash xaqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
dekanlar majlisi va o‘quv-metodik kengashlarga tegishli hujjat va materiallarni tayyorlaydi.
o‘quv jarayonini tashkil qilish masalalari bo‘yicha javobgar hisoblanadi va O‘quv-uslubiy boshqarma hodimlarining ish faoliyatini tashkil qiladi;
OO‘MTVning tegishli Nizomlari asosida talabalarning Davlat attestasiyalari va bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etadi;
Universitet kafedralari bo‘yicha:
professor-o‘qituvchilar tarkibining har o‘quv yili uchun shtatlar jadvallarini tuzadi va kafedralar o‘quv yuklamalarini hisoblaydi;
o‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha fakultetlar o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlari bilan yig‘ilishlarni o‘tkazadi;
fakultet dekanlarining o‘quv yili bo‘yicha hisobotlarini umumlashtiradi va universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha yillik umumiy hisobotini tayyorlaydi;
o‘z doirasida universitet bo‘yicha chiqariladigan buyruqlarga imzo qo‘yadi.
o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
O‘quv-uslubiy boshqarma metodistlari, katta laborant, statist, nazoratchilar xamda dispetcherlarini ish faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi;
o‘quv ishlari bo‘yicha fakultet dekan muovinlari vazifalarini bajarilishini doimiy nazorat qiladi.