HISOBOTI
2021-yil 15-oktabr sanasida NavDPI Makatabgacha ta’lim kafedrasi tomonidan “Raqamli iqtisodiyot davrida maktabgacha ta’lim: o’zgarishlar, ustuvor yo’nalishlar, yutuqlar va rejalar” xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiyasi tashkil etildi. Ushbu konfrensiyada men “Bo’lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim boshqaruv faoliyatiga tayyorlash zarurati” mavzusidagi maqolam bilan ishtirok etdim. Maqolam konfrensiya materiallari to’plamida e’lon qilindi. Mazkur maqolada boshqaruv faoliyati hamda maktabgacha ta’lim sohasini boshqarishda rahbar va unga qo’yiladigan talablar, shuningdek rahbarlik faoliyatiga tayyorgarlik muassasalaridan boshlanishi haqida so’z yuritiladi. (6-ilova)
Tadqiqot ishi mavzusining ikkinchi bobi uchun materiallar to’pladim. Dissertatsiyaning “Bolajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruv faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi” bobining birinchi bandi maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalarining kasbiy va malakaviy talablari, mutaxassislarning boshqaruv tizimidagi vazifalarini o’rganidim.
Ilmiy rahbarimdan ishning ikkinchi bobning ikkinchi va uchinchi bandlari, bo’lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim boshqaruv faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi va bo’lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim boshqaruv faoliyatiga tayyorlash texnologiyasining didaktik ta’minoti masalarini yoritish bo’yicha topshiriqlar oldim.
Ilmiy rahbar: S.B. Sanayeva
Tadqiqotchi: D.A.Asatova.
Navoiy davlat pedagogika instituti 5A111801 “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (maktabgacha ta’lim) yo’nalishi 2-kurs magistranti Asatova Dildora Aslamovnaning noyabr oyi uchun
HISOBOTI
Noyabr oyi davomida reja bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga muntazam qatnashdim. Maktabgacha ta’lim kafedrasi Professor-o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajardim va oraliq nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirdim.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining tadqiqot ob’ekti etib maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari tanlandi. Fakultetda tahsil olayotgan 1, 2 va 3 kurs talabalarining rahbarlikka bo’lgan qiziqishlarining qanday darajada ekanligini bilish maqsadida ularning ushbu mavzu bo’yicha fikrlari bilan qiziqdim.
Shu maqsadda ushbu mavzudagi suhbatni maktabgacha ta’lim fakulteti 1-bosqich “1A” guruh talabalari bilan boshladim va suhbat natijalariga ko’ra talabalarda boshqaruvchilikka bo’lgan qiziqish darajasi ancha yuqoriligini aniqladim. Suhbat va so’rovlarni qolgan guruh va kurs talabalari bilan davom ettiraman.
Ilmiy rahbarimdan o’tkaziladigan tajriba ishlari uchun amaliy tavsiyalar va keying oy uchun magistrlik dissertatsiyasi mavzusi asosida ilmiy maqola tayyorlash vazifalarini oldim.
Ilmiy rahbar: S.B. Sanayeva
Tadqiqotchi: D.A.Asatova.
Navoiy davlat pedagogika instituti 5A111801 “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (maktabgacha ta’lim) yo’nalishi 2-kurs magistranti Asatova Dildora Aslamovnaning dekabr oyi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |