43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati; - 33-modda. Ta’lim berish tili
- Ta’lim tashkilotlarida o‘qitish tilidan foydalanish tartibi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
- 34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
- Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
- Davlat ta’lim talablari:
- maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
- ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
- ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to‘g‘risidagi normalarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |