Maktab psixologida bo`lishi kerak bo`lgan ish xujjatlari
Psixologik xizmat to`grisidagi nizom.
Yillik reja.
Yuqori tashkilotlardan qabul qilingan xujjatlar.
Psixolog tomonidan yuborilgan xujjatlar.
O`tkazilgan tadbirlar.
Psixodiagnostik metodikalar.
Hisobot.
Psixologning qabul daftari.
Tarbiyasi qiyin bolalar ro`yxati.
Tarbiyasi qiyin bolalarni kuzatish daftari.
O`zlashtirishi past o`quvchilarni kuzatish daftari.
O`quvchilar bilan suhbat daftari.
O`qituvchilar bilan suhbat daftari
Ota-onalar bilan ishlash daftari.
Shartnomalar.
Mazkur ishlar o`quvchilarni maktabda o`qitish davomida psixalogik-pedogogik jihatdan chuqurroq o`rganishga yo`naltirilgan bo`lib ularning induvidual xususiyatlarini ta`lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo`ljallangan pisxologik xizmatning muxim xususiyatidir.
Amaliyotchi psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi:
Psixologiyaning metodlari, testlar, nazariy bilimlar yordamida o`quvcha va oqituvchi shaxsining ayrim xususiyatlari ularning aqliy qobilayatlari, mahoratlari, kasbga moyilliklari,bilish jarayonlarining kechishlarini aniqlash-prognoz qilish.
Ta`lim-tarbiya o`zini o`zi tarbiyalash bo`yicha o`quvchilar, o`qituvchilar va ota –onalarga konsultatsiyalar berish .
Psixokorrreksion ishlar: - o`qituvchi va o`quvchilar, o`quvchilar o`rtasida ota –onalar bilan bola o`rtasida muloqot jarayonida sodir bo`ladigan ziddiyatlarning oldini olish, sodir bo`lganda esa ularni yechishga yordam berish. Shaxsiy muammolarni birgalikda hal qilish.
Psixoprofilaktika – bolaning bilim olishida shaxs sifatita kamol topishida aqliy taraqqiyotida izdan chiqadigan har qanday holatning oldini olish.
Psixologik maorif ishlari- maktabning psixologik jamoasi o`quvchilarni, ota –onalarni psixologik bilimlarni egallashda jalb etish, o`quvchilar va ota – onalarning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma`ruzalar uyushtirishdan iborat.
Maktabda psixologik xizmatni amaliyot tomonidan bir necha pedogogik sinflar tashkil etish bo`lib, uning maqsadi o`quvchilarni maktab bazasida bo`lg`usi kasbgalarga tayyorlash, muvoffaqiyatlio`qishdan keyin oliy o`quv yurtlariga kirishni ta`minlashdir. Shu bilan birga psixolog o`quvchining taraqqiyotini kzatib borishi kerak. Bunda quyidagilarga etibor berish zarur:
o`uvchilarni tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash maqsadida o`sha o`quvchi biriktirilgan sinfda turli tadbirlarni : sayohatlar, tarbiyaviy soatlar, shanbaliklar o`tkazish, kuzatish hamda bahon berish;
didaktik qobiliyatlarni bilish uchun o`quvchiga sinfdoshlari yoki quyi sinflarda ma`lum o`quv materialini tushuntirib berish, nazorat ishlarini o`tkazish, baholashni topshirish, ishni natijasiga qarab faoliyatni baholash;
kommunikativ qobiliyatni topish uchun o`quvchiga parallel sinflar Maktab bilan birgalikda biror tadbir o`tkazishga kelishish sinfda o`tkaziladigan tadbirlarga ota –onalarni taklif qilishni tavsiya qilishni tekshirish mumkin. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning aktiv metodlari munozaralar suhbatlar, turli treninglar, o`yinlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |