Ta’lim tizimiga stem dasturidan foydalanib o’qitishning ahamiyati va afzalliklari gulhayo Ixtiyor qizi Sayfullayeva



Download 163,22 Kb.
bet2/3
Sana02.07.2022
Hajmi163,22 Kb.
#730911
1   2   3
Bog'liq
Сайфуллаева gulhayo педагогика

Mens et Manus” (Aql va qo‘l) bu institut talabalarga STEM tushunchasini o‘rganish va tanishish uchun birinchilardan bo‘lib yordam berdi.
Tadqiqotlar statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2011-yildan boshlab, dunyo bo‘yicha STEM ta’lim tizimiga bo‘lgan talab 17% oshgan. Boshqa ta’lim tizimida esa bu ko‘rsatkich 9,8% oshgan. Bu ko‘rsatkich ham dunyo ta’lim tizimida ham ushbu ta’lim tizimiga nisbatan talab katta va natijadorligi yaxshi.
STEM ta’lim dasurining asosiy shiori Science is fun! Ta’lim quvnoq bo‘lishi kerak, talaba bu fanni o‘qib qiziqishi kerak. Fan esa talabani o‘ziga jalb etishi kerak. Sabab hozirgi kungacha astronomiyani ko‘pchilik qiyin va keraksiz fan deb o‘ylaydi.
Lekin aslida unday emas, chunki hayotda hamma narsa astronomiya. Olamni, koinotni o‘rganish va buni kundalik hayot bilan bog‘lab o‘qitish juda katta samara beradi.
STEM ta’lim dasturini an’anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, STEM yondashuv talabalarni tajribalarni mustaqil o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishiga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga yordam beradi.
STEM ta’lim talabaning texnik-ijodkorlik va konstruktorlik qobiliyatlarini oshirish bilan bir qatorda talabaning kreativlik qobiliyatini ham oshiradi.

Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Aynan kreativlik muayyan pragmatik muammolarni hal qilishga yordam beradi. Kreativ fikrlash tufayli biz yangi narsalarni ixtiro qilamiz4.


Kreativ fikrlash- samarali fikrlash taraqqiyotni ( kashfiyotlar, yangi g‘oyalar va qimmatli natijalarni) yaratadi.
Ijodkorlik har bir o‘quvchida mavjud. Ijodiy fikrlaydigan talabalar ma’lum xususiyatlarning mavjudligi bilan ajralib turadi.

  • Ijodiy fikrlashning asosiy xususiyatlari:

  • Yangi, g‘ayrioddiy narsalarga moyillik

  • Mavjud amalga oshirilgan g‘oyaga yangi tafsilotlarni qo‘shish, takomillashtirish orqali yanada mukamallikka erishish istagi

  • Tavakkal qilish uchun jasorat

  • Boshqalarning fikri bo‘ladimi yoki qiyin vazifa bo‘ladimi, to‘siqlarga duch kelish va ularni yengib o‘tishga tayyorlik

  • Noaniqlik holatlariga nisbatan sabrlilik

Quyidagi qobiliyatlar mavjud bo‘lishi lozim:

  • Muammoni topish va aniq belgilash

  • Ko‘p yangi g‘oyalarni yaratish

  • Muammoni turli tomonlarndan ko‘rib chiqish, turli xil yechimlarni, turli yondashuv va usullarni qo‘llash

  • O‘ylab ko‘rish va javob berish

  • Tasavvurda (ongda) harakatlarni bajarish

  • Tahlil va sintez qilish

Kreativ fikrlashni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar:

  • Motivatsiyaning o‘rtacha darajasining mavjudligi

  • Shoshqaloqlikdan qochish uchun yetarli vaqt

  • Past yoki o‘rta darajadagi mas’uliyat

  • Fikri muhim bo‘lgan odamlar tomonidan natijalarga ijobiy munosabat

  • Jamiyat bilan munosabatlardagi mustaqillik (qarashlar, munosabatlar, xulq-atvorning jamiyat yoki guruh fikridan mustaqilligi)

  • Tajriba

  • Juda kuchsiz yoki aksincha, juda yuqori motivatsiya

  • Vaqt yetishmasligi

  • Yuqori darajadagi mas’uliyat

  • Fikri salmoqli va qimmatli bo‘lgan shaxslarning tanqidiy, norozi, noto‘g‘ri munosabati

  • Mavjud an’ana va qarashlarga bog‘liqlik

  • Muvafaqqiyatsiz tajriba

  • Qobiliyatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi

  • O‘z harakatlari va qarorlarida boshqa odamlardan farq qilishni istamaslik va qo‘rquv

  • Qutidan tashqarida fikr yuritish qobiliyati asta-sekin kamayib ketishi

Kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun zaruriy ko‘nikmalar

  • Mantiqiy fikrlash

  • Taxminlarni shakllantirish

  • Hodisalar, obyektlar, faktlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni topish

  • Stereotiplarni engish

  • Notanish va nostandart vaziyatlarda qaror qabul qilish

  • To‘g‘ri bilim va mos usullarni topish

Kreativlikning uch asosiy elementi

  • Kompetensiya (bilimlar bazasi, tajriba, ko‘nikmalarning mavjudligi)

  • Shaxsiy sifatlar (zukkolik, moslashuvchanlik, qat’iyatlilik)

  • Motivatsiya (ichki va tashqi) Ichki motivatsiya-muammoni hal qilishda shaxsiy qiziqish, bilimlarni qo‘llash, o‘zini-o‘zi anglash

STEM ta’lim dasturi asosida o‘qitish orqali talaba quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:

  • Berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash

  • Berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish uchun o‘z usulini taklif etish

  • Dalillarga asoslanib munozara kiritish

  • Tadqiq etilayotgan savolga javob olish

  • Ma’lumotlar bilan ishlash

  • Ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash

  • Dalillar to‘plash

  • Ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash

  • Berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash

  • Kuzatishlarga asoslangan savollar qo‘yish

  • Ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash

STEM ta’lim dasturi talabani darsga qiziqtiradi, ilhomlantiradi va muloqotga chorlaydi5.
Bunday darslar natijasida talaba tajriba va tadqiqotlar o‘tkazishni, savol bera olishni, ijodiy fikrlash va mas’uliyatli bo‘lishni o‘rganadilar. Bundan tashqari ular hamkorlikda tadqiqot o‘tkazishning turli usullarini taklif etadilar, tahlillarni o‘rganish va ilmiy izlanishga kirishadilar.
STEM – talabaning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirib jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallashiga yordam beradi va talabada XXI asr ko‘nikmalarining shakllaninshini ta’minlaydi.
XXI asr ko‘nikmalarining o‘zi nima? Bu ko‘nikmalarga quyidagilar kiradi.

  • Fundamental bilimlar – o‘quvchilar egallagan ko‘nikmalarini kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarda qo‘llash

  • Murakkab masalalarni hal qila olish ko‘nikmalari, ya’ni tanqidiy fikrlash, kreativlik, muloqotga kirishish, hamkorlikda ishlash

  • Shaxsiy fazilatlardan – qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, maqsad sari intilish, moslashuvchanlik, liderlik, xabardorlik kabi fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

STEM – ta’lim dasturi talabada ilmiy xabardorlik va amaliy kompetensiya xususiyatlarini ham oshiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Fan, matematika, texnologiya va muhandislik kabi asosiy akademik sohalar bir vaqtning o’zida rivojlanishini bir so’z bilan ifodab - STEM ta’limini keng targ’ib qilgan holda kelajak avlodga dunyoda tan olingan o’qitish texnologiyalari va metodlari asosida darslarni, to’garaklarni hamda mustaqil ta’limni tashkil qilish bugunki kunning mгhim vazifasidir.
STEM ta’lim dasturi asosida o‘qitish orqali talaba olamning yaxlit, ajralmas bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik ko‘nikmalari rivojlanadi va kompetentligi shakllanadi.


Download 163,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish