Ta'lim tizimidagi muammolar va uni isloh qilish omillari



Download 15,78 Kb.
Sana28.10.2022
Hajmi15,78 Kb.
#857909
Bog'liq
ta\'lim tizimida muammo


Ta'lim tizimidagi muammolar va uni isloh qilish omillari.
Kadrlar tayyorlash tizimning demokratik o'zgarishlar va bozor islohatlari talablariga muvofiq emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarining yetishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro foydali integrasiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, yagona uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmaydi...
Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog’lanmagan.Maktabgacha ta'lim-tarbiyaning ahvoli qoniqarsizligichi qolmoqda.Bog'cha yoshidagi bolalarning 25 %gini maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi urtasida sezilarli tafovut mavjud.Maktablarda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayonining o'zidagi va o'qitish uslubiyotidagi xar-xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, talabalarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo'q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o'z o'rnini aniqlay olmaydi.Ularda o'zlariga ishonch shakllangan emas. O'rta maktab bitiruvchilarining 10% gina oliy o'quv yurtlariga kirmoqda, xolos.
Majburiy 9 yillik ta'limga asoslangan 11 yillik o'rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u talabalarda kasbga yo'naltirish va ta'limning amaliy yo’nalganligi yetarli darajada bo'lishi hamda mustakil fikr yuritish, mexnat faoliyati ko'nikmalari shakllanishini ta’minlamayapti. Har yili tayanch maktablarining 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda.Ta'lim tizimidagi mavjud umum ta'lim va kasb-hunar dasturlari o'rtasidan uzviylik va vorislikning yo'qligi sababli tayanch va o'rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo'naltirilganlik va mehnat faoliyati ko'nikmalari shakllanmay qolmoqda.Natijada yigit qizlar o'z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo'lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
O'quv jarayoni bilim darajasi o'rtacha bo'lgan talabalarga mo'ljallangan bo’lib, ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o'quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti.O'quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to’la xoli bo’lganicha yo'q, ularda ma’naviyat va axloq asoslarini o’rgatuvchi, iqtisodiy, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o’rin berilmayapti.
Hunar- texniki bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta'lim muassasalariga o’tish ko’prok og’izda bo’lib, amalda esa ularda ta'lim eskirib qolgan moddiy texnika va o'quv uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan o’tmagan o'qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.Bir bosqichli oliy ta'lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o'zgarishlarni va ilg'or xalqaro tajribani to'liq hajmda hisobga olmayotir.O'quv tarbiya jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlari yetarlicha mustakillikka ega emas, ular kasbiy mexnat bozorining o’zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti.Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada ko’shilganlari yo'q. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, ta'lim muassasalarini davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o’tkazish vazifasi belgilab olinmagan. Talabalarning bilim darajasini baxolash tizimi ob'ektivlik va tezkorlikni ta’minlamaydi.Kasb-hunar ta'limining obro’si hhamda o'qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta'lim xizmati ko’rsatish va kadrlar tayyorlash soxasida marketing mavjud emas, ta'lim tizimini ko’p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali mutaxassislardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorlarligining sifatini nazorat qilish hamda baxolash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda.O'qituvchilar, pedagoglar va murabbiylarning ko’pchilik qismi yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganliklari, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda, maktabgacha ta'lim soxasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 % oliy malumotlidir. Maktablarning o'qituvchilar bilan taminlanganligi o’rtacha 93% tashkil etgan xolda, bu ko’rsatkich ayrim viloyatlarda 77-80% dan, Muayyan fanlar buyicha esa 50% dan oshmaydi.

Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning o’rtacha yoshi «ulg’ayib» bormoqda, respublika oliy o'quv yurtlarida 40 yoshga to’lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9%ini, 50 va undan katta yoshdagilar esa 79 % ni tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasigi tasdiqlanganlar o’rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir. O’zbekistonda fan va maorifning rivojlanishida «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ahamiyati.


O’zbekistonningkelajagi, uning taraqqiyoti va ravnaqi ko’p tomonlama undagi kadrlarning bilimdonligi, kasb tayyorgarligi vama‘naviy yetukligiga bog’liq. Shu jihatdan qaraganda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar orasida Kadrlar tayyorlash soxasidagi, ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohatlar muhim o’rin tutadi. 1997 yil 29 avgustdaOliy Majlisning 9-sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta‘limto’g’risida» g iQonuni ta‘lim sohasidagi islohatlarni amalga oshirishning aniq yo’nalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjatdir.
«Ta‘lim to’g’risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash, darsliklar, o’quv-metodik qo’llanmalarni milliy ta‘lim-tarbiya an‘analari asosiga qurish masalalari ko’tarilgan va shu muammoni hal qilish yo’l-yo’riqlari ko’rsatilgan. Bu ikkita Qonun hujjati asosida amalga oshirilayotgan mislsiz islohatlar davlatimizdagi barcha jabhalarni, har bir fuqaroni faol mehnatga safarbar etmoqda.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta‘lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishdamo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta‘lim tizimining yangilanishiga sabab bo’ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o’laroq, oliy ta‘lim va xalq ta‘limi tizimi tuzilishining bir qancha yangi qoidalari joriy etildi. O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonuni fuqarolarga ta‘lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi va har kimning bilim olish huquqini ta‘minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Demak, ushbu ikkala qonun hujjatlari asosida ta‘lim – tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos xolda mazmun ham, pedagogic jarayonda ham yangilanish ro’y bermoqda, uzluksiz ta‘lim tizimiga zamonaviy yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e‘tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma xil faoliyatiga bog’liq: yoshlarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish,
Download 15,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish